Breaking News

Rohinja musulmonlari hanuz og'ir sharoitlarda yashamoqda


Xalqaro hayot: Rohinja musulmonlari taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00

Myanmada rohinja musulmonlari inqirozining boshlanganiga bir yildan oshdi. Armiya uyushtirgan shafqatsiz hujum natijasida 700 mingdan ziyod etnik ozchilik musulmonlar qo'shni Bangladeshga qochib o'tgan edi. Ular hanuz ayanchli ahvolda.

Minglab rohinja musulmonlari o'z uyini tark etganiga bir yil bo'ldi.

700 mingdan ziyod qochqin hanuz lagerlarda, suv toshqini va yer ko'chkisi yuz berishi ehtimoli yuqori bo'lgan hududlarda yashamoqda.

Sharoit og'ir bo'lishiga qaramay, bu yerga har hafta yangi qochoqlar kelib qo'shilmoqda.

"Xavfsizlik, himoya istab hanuz oilalar Myanmadan Bangladeshga kelmoqda. Bu esa ko'plab muhojirlarga Birmaga qaytish hanuz xavfli ekanidan dalolat. Bangladesh hukumati qochqinlarni majburlab ko'chirish niyatida emasligi uchun ulardan minnatdormiz. Myanma hukumatining siyosati ham shunday", - deydi BMT vakili Karolin Glak.

Huquq faollarining aytishicha, Birmaning Rakxayn shtatida qolgan rohinja musulmonlari keskin cheklovlar ostida yashamoqda va xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashtirilmayapti.

Myanma hukumati yuz bergan voqealarni tekshirish uchun yangi komissiyani ishga tushirmoqda. Bu mamlakatni yanada obro'sizlantiradi, deydi tanqidchilar.

"Rakxayn shtatidagi politsiya va harbiy kuchlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun Myanmada haqiqiy javobgarlik bo'lishini ko'rishimiz kerak. Bu nafaqat Rakxayndagi vaziyat uchun, balki butun mamlakat uchun yaxshi bo'lishidan umidvormiz", - deydi "Human Rights Watch" vakili Fil Robertson.

Mazlumlar adolat kutar ekan, ularning yetakchilari o'z taqdirlari haqida hukumatga shikoyat qilishda davom etmoqda.

Ular Myanma fuqarolari ekani haqida dalillar to'plagan hamda xunrezliklarda 10 mingdan ortiq odam o'lganini da'vo qilmoqda.

"Bu ma'lumotlarni myanmalik rohinjalar ekanimizni Myanma hukumatiga ko'rsatish uchun yig'dik. Zo'ravonlik holatlarini esa adolat istab Xalqaro Jinoiy sudga borganimizda ko'rsatmoqchimiz", - deydi qochoqlar vakili Muhibulloh.

Muzokaralar davom etmoqda. Qochqinlar vataniga qachon qaytishi esa hali ma'lum emas. Demak, rohinjalar boshidagi azob-uqubat hali-veri tamom bo'lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG