Breaking News

Amerikada millionerlar qayerda yashaydi?


6 foizga yaqin amerikalik millioner. Ular qayerlarda yashaydi?

Aholining 5,8 foizi,ya’ni, 7,2 millioni rasman millioner. Ularning ko’chmas mulklari, nafaqalari va biznes faoliyatidan tashqari hisoblarida kamida bir million dollar bor.

Konnektikut shtatining Brijport-Stemford-Norvolk hududi millionerlar soni bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Bu yerda aholining 9 foizi - 31506 kishi millioner hisoblanadi.

Ikkinchi o’rinda Kaliforniya shtatining Silikon vodiysini o’z ichiga olgan San Xose, Sanniveyl va Santa-Klara hududlari. Bu yerda 61264 xonadon, ya’ni jami aholining 9 foizi millionerlar hisoblanadi. Ushbu hududda bir qator yirik texnologiya kompaniyalari joylashgan. Google, Apple va Facebook ham yaqin atrofda faoliyat yuritadi.

AQSh poytaxti uchinchi o’rinda. Vashington va uning yon atrofidagi hududlar ta’sir doirasi kuchli bo’lgan ish o’rinlarini izlaydigan yuqori malakali mutaxassislarni o’ziga jalb etadi. 206361 millioner xonadon poytaxt aholisining 8,9 foizini tashkil etadi. Vashingtonda jami 2,3 million xonadon istiqomat qiladi.

Harbiy xarajatlar va dengiz harbiy aerodromi obyekti hisoblangan Merilend shtatining Avliyo Meri tumani to’rtinchi o’rinda. Unda joylashgan Leksington Park hududi mudofaa va aerokosmik tadqiqotlar markazi hisoblanadi. Bir qator yirik harbiy pudratchi kompaniyalar yuqori malaka va bilimga ega xodimlarni yollaydi hamda ularga katta pul to’laydi. Jami 40545 xonadonning 3429 tasi – ya’ni 8,5 foizi millionerlardan iborat.

San-Fransisko millionerlar hududi beshligiga yakun yasaydi. Yuqori daromadli texnologiya mutaxassislari yashaydigan Kaliforniya shtatining bu shahrida hayot xarajatlari o’rtacha umummilliy darajadan 93 foiz yuqori. San-Fransiskoda 8 foizdan ortiqroq aholining hisobida kamida 1 million dollar bor. Xonadonlarning o’rtacha yillik daromadi 96677 dollarni tashkil etadi.

AQShning millionerlar ko’p yashaydigan hududlaridan yana biri Massachusets shtatining Barnsteybl shahri hisoblanadi. U yerda mashhur Keyp Kod yarimoroli va Xayannis porti joylashgan.

Millioner hududlar o’ntaligidagi barcha joylar Amerikaning sharqiy yoki g’arbiy qirg’oqlariga to’g’ri keladi. O’ninchi o’rinni band etgan Gavayi oroli bundan mustasno.

Texasning Dallas va Illinoysning Chikago shaharlari ham rivojlanmoqda. Biroq ular yuqori o’rinlarga da’vogarlik qila olmaydi. Har ikki shtatda ham yer maydoni keng, aholi esa ko’p. Shunga ko’ra, kam daromadli aholi foizi ham ancha yuqori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG