Breaking News

AQSh Kremlga yaqin oligarxlar ro'yxatini chiqardi


Moskva
Moskva

Kongress talabini qondirgan holda AQSh Moliya vazirligi Rossiya hukumatiga yaqin boylar ro'yxatini chiqardi. Lekin Oq uyning bildirishicha, ularga sanksiya qo'yilmaydi. Prezident Vladimir Putin bu ishni aqlsizlik va dushmanona qadam deb atagan.

200 dan oshiq odam tilga olingan. Ularning ayrimlari allaqachon sanksiya ostida.

2017-yilning avgustida Kongress ma'qullagan qonunga ko'ra, Rossiyaning bir necha ko'zga ko'ringan badavlat fuqarolari cheklovlar bilan jazolangan. Ular Amerikadagi 2016-yilgi prezident saylovlarida Rossiya hukumati jarayonni buzishga uringanida o'z hissasini qo'shgan, deya gumon qilinadi.

O'shanda qonunchilar Tramp ma'muriyatidan maxsus ro'yxat tuzishni talab qilgan. Unda Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek, razvedka idoralarining boshliqlari ham bor. Asli o'zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov, qator sanoatlarga pul tikkan milliarder Roman Abramovich, alyuminiy magnati Oleg Deripaska, "Sberbank" rahbari German Gref va "Gazprom" rahbari Aleksey Miller ism-sharifini ham ko'rasiz.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bu ro'yxatda. Uning nazarida, bunday siyosat bilan AQSh shuncha odamni o'z dushmani deya tamg'alamoqda. Rossiya hukumati bu qadamni tahlil qilib, tegishli javob beradi, deydi Peskov.

Xezer Nauert, AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi
Xezer Nauert, AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi

Kongress qabul qilgan qonunga ko'ra, Rossiya maxfiy xizmatlari bilan aloqador shaxslar hamda federatsiya bilan harbiy jihatdan "salmoqli hamkorlik" qilgan tomonlar jazolanishi kerak. Davlat departamentining bayon qilishicha, AQShga sherik bo'lgan davlatlar hozirda Rossiya bilan bir necha milliard dollarga teng shartnomalarni bekor qilgan, ya'ni rejalangan xaridlar endi amalga oshirilmaydi.

AQSh qo'lida bu borada ishonchli ma'lumotlar, isbot-dalil bor, deya bildirmoqda Davlat departamenti so'zlovchisi Xezer Nauert. Lekin u biror davlatning nomini tilga olmaydi.

Demokrat qonunchilar Steni Hoyer va Nensi Pelosi
Demokrat qonunchilar Steni Hoyer va Nensi Pelosi

​Demokrat kongressmen Steni Hoyer Tramp ma'muriyatini qo'rqoqlikda ayblamoqda. Rossiya aggressiyasiga javob berishdan bosh tortmoqda, deydi u.

"Sanksiya qo'yilishi kerak, aks holda hech qanday ta'sir bo'lmaydi. Rasmiylarimiz ovozini chiqarmayotganidan norozimiz. Ishonch yo'q bu ma'muriyatga", - deydi yetakchi qonunchi.

Yana bir demokrat kongressmen Raja Krishnamurti fikricha, Oq uy o'z vazifasini bajarishga qodir emasligini ko'rsatmoqda.

"Kongress sanksiya qo'yilsin, deb qonun qabul qilgan. Rossiya bizning demokratik tizimimizni buzishga harakat qildi. Prezident esa bu qonunni amalga oshirishdan bo'yin tovalamoqda", - deya yozdi Krishtamurti "Twitter: sahifasida.

Jonli efir: Oq uy Rossiya oligarxlarini jazolamoqchi emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:32 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG