Yevropa Ittifoqi Suriya hukumatini sanksiya bilan jazolash haqida o'ylanmoqda. Shu bilan birga, Rossiyani Halabni bombardimon qilishni bas qilishga ko'ndirmoqchi.
Bir necha kun oldin Amerika bosh kotibi Jon Kerri ham Suriyaga doir vaziyatni va sanksiya qo'llash zaruratini tilga olgan edi. U, xususan, Rossiyaning jangovar harakatlarini keskin tanqid qilgan.
Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan o'tgan dam olish kuni kechgan muzokaralarda aynan Suriya haqida gap ketgan edi.
Kerrining aytishicha, Halab shahridagi vayronagarchilikdan xalqaro hamjamiyat ayniqsa dahshatda.
"Ikkinchi jahon urushidan beri eng dahshatli gumanitar falokat bu. Rossiya va Assad rejimi adolat va insof bilan ish qiladigan bo'lsa, bu halokatga yakun yasalishi mumkin. Lekin Moskva va Damashq insof qilmayapti", - deydi Kerri.
Suriyadagi urushni bas qilish yo'lida qilingan qator harakatlar samara bermayapti. Kerri xalqaro hamjamiyat bu ixtilofni tugatish uchun qo'ldan kelgan barcha choralarni ko'rishda davom etadi, deydi.
"Halabni o'z holiga tashlab qo'yish yo'q", - deydi Jon Kerri.