1-oktabrdan 30-oktabrgacha O'zbekistonda boshqaruv kadrlari konkursi o'tkaziladi. O'zbekiston fuqarosi bo'lishingiz kerak. Chet elda yashayotgan bo'lsangiz ham qatnasha olasiz. (video)
"Taraqqiyot" respublika tanlovi deb atalgan jarayondan maqsad quyidagi 16 sohaga zarur boshqaruvchilar topish:
1. Davlat va jamiyat boshqaruvi
2. Sud-huquq
3. Moliya-kredit
4. Sanoat
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari
6. Qishloq va suv xo'jaligi
7. Arxitektura va qurilish
8. Kommunal xo'jalik
9. Soliq va bojxona
10. Ekologiya va atrof-muhit
11. Ta'lim, fan va innovatsiya
12. Sog'liqni saqlash
13. Madaniyat, san'at va sport
14. Tashqi siyosat, tashqi iqtisodiyot va turizm
15. Makroiqtisodiyot va taraqqiyot
16. Transport va logistika
Talabgorlar kamida uch yillik rahbarlik tajribasiga ega bo'lib, 30-45 yoshlar orasidagi fuqarolar bo'lishi shart. Tanlov g'oliblari eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti oladi va uch oy davomida maxsus tayyorlov kursini o'qiydi. Qolgan tafsilotlar bilan www.taraqqiyot-tanlov.uz saytida tanishish mumkin. Ishtirok etish uchun ham shu sahifadan foydalanasiz.
8-sentabr kuni Toshkentda "Taraqqiyot strategiyasi" markazida Innovatsion taraqqiyot vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xudoxo'jayev, Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori Botu Alimov bu tanlov haqidagi savollarga javob berdi. Savol-javobni albatta ko'ring.
Facebook Forum