Breaking News
Din

AQShda katolik cherkovlari yopilmoqda


AQSh Katolik cherkovining taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Katolik cherkovi Amerikaning bir qator shtatlarida o'z ibodatxonalarini yopmoqda. Bunga aholi orasida dunyoviylik kuchayib, cherkovga qatnovchilar sonining kamayib ketgani asosiy sabab. Ruhoniylarning uzoq yillar bolalarga jinsiy tajovuz qilgani haqidagi mojarolar ham Katolik cherkovining obro'siga putur yetkazdi.

Shimoliy Ayovadagi Avliyo Mariya cherkovi uzoq yillar mahalliy aholining bir necha avlodiga xizmat ko'rsatib keldi. Yaqinda u eshiklarini so'nggi bor yopdi.

"Birdaniga uning hayotimizda qanchalar qadrli bo'lganini tushunib yetdik. To'satdan yopilib qoldi. Endi odamlarni ko'rsak, uzoq vaqtdan beri ularni ko'rmaganimizni anglayapmiz", - deydi shu cherkovga qatnagan Berni Kenyon.

Avliyo Mariya cherkovi AQShda o'z faoliyatini tugatgan ko'plab katolik ibodatxonalaridan biri. Kenyon kabi dindorlar endi ibodat uchun yangi maskan qidirmoqda.

"Hanuz izlab yurbmiz. Ibodatxona qidiryapmiz. O'z uyimizdek bo'lib qolgan edi, har doim shu yerga kelardik", - deydi u.

Bu hududda aholi sonining kamayib borayotgani ham cherkov o'rindiqlarining huvillab qolishiga sabab bo'ldi.

Cherkovga borayotganlarning kamayishi faqat qishloqlarga xos emas. Katta shaharlarda ham shunday. Katolik cherkovi AQShda eng katta diniy uyushma hisoblanadi. Lekin katoliklarning faqat 40 foizi cherkovga muntazam boradi.

Ruhoniy Brent Linglning aytishicha, cherkovlar yopilayotganining sabablari ko'p.

"O'tgan bir necha o'n yillar davomida jamiyatimiz yanada sekulyarlashib bordi. E'tiqod va cherkovning oilalar hayotidagi ahamiyati ilgarigidek emas", - deydi diniy arbob.

Abort, ajrashish va bir jinslilar nikohi kabi mavzularda cherkov qarashining o'zgarishi hamda jinsiy tajovuzga oid mojarolar ham odamlarni dindan uzoqlashtirmoqda.

"Odamlar bilan har kuni gaplashaman, ular cherkovni tark etishga tayyor emas, lekin anchadan beri ilk marotaba ular norozi va javob kutmoqda", - deydi ruhoniy Lingl.

Pensilvaniya shtatidagi din arboblariga oid yangi jinsiy mashmasha ko'plab katoliklarning ko'ngligini sovutdi. Boshqa mazhabga o'tib ketganlar ham bor. Ayrimlar esa diniga amal qilishni butunlay to'xtatgan. Ko'plab dindorlar kabi Berni Kenyon ham savollarga javob izlamoqda.

"Cherkovimizda, oilamizda biz ortga chekinayotganimiz yo'q", - deydi u.

So'nggi mojarolarning dindorlarga haqqoniy ta'sirini aniqlashga hali erta. Lekin ilk bor katoliklar bir necha asrlik eski an'analarga qarshi kurashmoqda. Ko'pchilik eski qarashlarni o'zgartirish fursati keldi, degan fikrda. Boshqalar esa cherkovning bugungi kundagi ahamiyatini savol ostiga olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG