Breaking News
Din

Din va hajviya: Amerikaning nasroniy qiziqchisi


Using Humor to Promote Religious Tolerance
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00

Turli madaniyatlarni bir-biriga yaqinlashtirishda san'at, xususan hajviya juda qo'l keladi. Hikoya qahramoni oq tanli nasroniy qiziqchi. Askiya orqali dinlararo tushunmovchiliklarga barham berishga bel bog'lagan.

Dinlararo totuvlik va hajviya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

So’z ustasi Jermi Maklellanni ekstremizm va "Musulmon birodarlar" guruhiga a'zolikda ayblashgan.

Lekin u o'zini shunchaki musulmonlarga "qarindosh", biryani degan taomga oshiq deya tanishtiradi. Katolik kulgi ustasi istehzoli hajviy chiqishlari bilan musulmon va nasroniylarni bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qiladi.

“Har ikki din ahlida o’xshashlik ko’p. Masalan ro’za tutishni olaylik. Nasroniylarda 40 kun, ramazon esa bir oy. Qoidalar farq qilishi mumkin, lekin g’oya bir. Har ikkisi ro’za davrida ehson qiladi. Kim ochlikka ko’proq chidaydi yoki so’g’liq uchun och o’tiribsizmi deya ularni taqqoslash qiziq”, - deydi Maklellan.

Askiyachi kulgi ulashish bilan birga o’zaro hurmat va dinlararo totuvlik muhitini yaratishga urinadi. Uning fikricha diniy bag’rikenglikka to’sqinlik qilayotgan omil ham shu - dinlarni tushunmaslik.

“Nasroniy va musulmonlar o’rasida ziddiyat oldingidan ko’ra keskinlashganday. Lekin hozir bu bo’shliqni to’ldirsa, ikki dinni bog’lasa bo’ladigan davr. Diniy o’xshashlik yoki tafovutlar haqida ochiq muloqot qila olsak, birgalikda ahil bo'lib yashay olamiz”, - deydi qiziqchi.

Diniy tafovutni yo’qotish yo’lida hajviya qo’llash yangilik emas. Imom Talal Iydning aytishicha, dinlararo muloqotda qiziqchilik asrlar avval boshlangan.

“Insonga kulgi kerak. Hatto Muhammad payg’ambar ham vaqti-vaqti bilan ko’nglingizni ko’tarib turing degan. O’zi ham suhbatdoshlari bilan hazillashib turgan. Shu orqali musulmon bo’lmaganlar bilan munosabat o’rnatgan. Hozir ham dinlararo bunday usulni qo’llash faqatgina yaxshilikka chorlaydi”, - deydi imom.

Maklellan askiyachilar orasida yosh avlod vakili. U hajviyani din ahli bir-birini tushunishi, ular orasida do’stona munosabatlar shakllanishi uchun iymon elchisi sifatida mohirona qo’llaydi, ham kuldiradi.

Dinlararo qiziqchilik yangilik emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG