Breaking News
Din

Prezident Tramp Vatikanda uchrashuvlarini yakunladi


APTOPIX Vatican Pope Trump
APTOPIX Vatican Pope Trump

AQSh Prezidenti Donald Tramp va rafiqasi Melaniya Tramp 24-may kuni Vatikanda bo'lib, Rim papasi Fransisk bilan suhbatlashdi.

Vatikanda yillik diniy tadbirlar kutilar ekan, papa Amerika rahbarini ortiqcha dabdabasiz kutib oldi.

Vatikan
Vatikan



Oq uy va Vatikan orasidagi rishtalar chigal. Rim Papasi Prezident Trampning siyosatini tanqid qilib keladi. Lekin AQSh prezidenti xorijiy safarlarini musulmon, yahudiy va katolik dargohlardan boshlagani tahsinga sazovor, deydi Vatikan rasmiylari.

Tramp va papa hech qachon uchrashmagan. Tramp katolik dunyosi rahbarini diniy rahnamolikni chetga surib, siyosatchi bo'lishga harakat qilayotganlikda ayblab chiqqan. Papa esa Trampni Meksikaga nisbatan nafratda, o'zga dinlarga nisbatan hurmatsizlikda tanqid qilgan. Davlat rahbari bo'lgan odam hech kimni kamsitmasligi lozim, Tramp esa buning farqiga bormaydi, deygan gaplar Oq uyga qattiq botgan.

Rim papasi Fransisk o'z samolyotida jurnalistlar bilan suhbatda, 2016
Rim papasi Fransisk o'z samolyotida jurnalistlar bilan suhbatda, 2016

Tramp Rim papasini xalqaro vaziyatni tushunmaslikda ayblagan. "Islomiy davlat" Vatikanga hujum qilsa, bu mitti davlat Amerikaga yalinib kelishi mumkin, degan qabildagi so'zlari Rimda kuchli norozilik uyg'otgan. Tramp cherkovni haqorat qilgan, deydi katoliklar.

Amerikada 50 milion katolik bor. Trampning o'zi u qadar dindor emas, lekin yoshligida presbiterian cherkoviga qatnaydi. Rafiqasi Melaniya esa sloveniyalik muhojir va u ham taqvodor emas. Tramp fikricha diniy organlarni tanqid qilish asosli, chunki ular siyosiy pozitsiyaga ega va unga ta'sir qilib keladi. Qurollar, iqlim, ijtimoiy masalalarda o'z yondashuviga ega va targ'ibot ishlari olib boradi.

Papa Prezident Tramp bilan yuzma-yuz muloqotga shay ekanini aytgan. Oq uy ham bu uchrashuvni intizorlik bilan kutayotganini bildirgan.

Rim papasi AQSh-Meksika chegarasida, 2016
Rim papasi AQSh-Meksika chegarasida, 2016

Prezident Donald Tramp Saudiya Arabistonidan turib musulmon olamiga murojaat qildi va islomiy birlikka undadi
Prezident Donald Tramp Saudiya Arabistonidan turib musulmon olamiga murojaat qildi va islomiy birlikka undadi

Trampga AQShdagi har 10 katolik saylovchidan olti nafari ovoz bergan. Bu Vatikan uchun muhim fakt, deydi tahlilchilar. Taqvodor katoliklar ko'p hollarda konservator respublikachilarni ma'qul ko'radi.

Papa o'zaro manfaatlar va global tinchlik, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurash, salomatlik va insoniy qadriyatlar haqida gapirishni rejalagan. Tramp esa terrorizmga qarshi kurash hamda Amerika roli xususida so'zlashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG