Breaking News

AQSh Lotin Amerikasi mamlakatlariga sanksiya e'lon qildi


Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Jon Bolton Mayami Ozodlik minorasida nutq so'zlamoqda, 2018-yil, 1-noyabr.
Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Jon Bolton Mayami Ozodlik minorasida nutq so'zlamoqda, 2018-yil, 1-noyabr.

Oq uy Venesuela va Kubaga yangi cheklovlar o’rnatishi ortidan 2-noyabr sanasida Nikaraguaga nisbatan ham sanksiyalar joriy etishini ma’lum qildi. Vashington mazkur davlatlarni “zolimlar uchligi” deb atagan.

Mayami shtatida nutq so’zlar ekan, Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Jon Bolton AQSh “o’z qirg’oqlari yaqinida diktator va zolim liderlar faoliyatiga ortiq toqat qila olmaydi”, deb aytgan.

Bolton Venesuela rahbari Nikolas Maduro, Kuba rahbari Raul Kastro va Nikaragua rahbari Daniel Ortegani muvaffaqiyatsiz “Uch marionet” komediyasi qahramonlariga qiyosladi.

“Bu zolimlar o’zlarini qudratli shaxs, inqilobchi, milliy qahramon va dohiy deb biladi. Amalda ular Larri, Kyorli va Molarga o’xshash ayanchli masxaraboz”, - dedi Bolton.

Venesuelaga qarshi sanksiyalar uning oltin bozoriga qaratilgan bo’lib, Amerika fuqarolari va kompaniyalariga ushbu mamlakat bilan oltinga aloqador tijorat qilish taqiqlandi.

Vashington Maduroni AQShning avvalgi sanksiyalarini chetlab o’tib, 20 million tonna oltinni Turkiyaga noqonuniy sotganlikda ayblaydi.

Bolton Kubani Venesuelada Maduro hokimiyatini mustahkamlashdagi ishtiroki uchun ayblagan. Mamlakatning tanazzulga uchragan iqtisodiyoti yirik inflyatsiya, asosiy mahsulotlarning keskin yetishmovchiligi va demokratik qadriyatlarning toptalishiga olib kelgan.

Shuningdek, Bolton AQSh bilan tijoriy aloqalar o’rnatishi taqiqlangan Kuba bizneslari ro’yxatiga 20 dan ziyod yangi bizneslar ham qo’shilganini ma’lum qilgan.

Orteganing muxolifatga qarshi ayovsiz bosim o’tkazishda davom etayogani tanqid ostiga olingan.

AQSh zo’ravonlik va korrupsiyaga aloqador ekani da’vo qilinayotgan Nikaraguaning bir qator yuqori martabali rasmiylariga nisbatan ham sanksiyalar o’rnatgan.

BMTga a’zo mamlakatlarning aksariyati esa Vashingtonning Kubaga qarshi yarim asrdan ziyod amal qilayotgan iqtisodiy, tijoriy va moliyaviy embargolarini bekor qilish tarafdori ekanini bildirgan. Cheklovlar mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga to’siq bo’layotgan asosiy omil ekani ta’kidlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG