Breaking News

Myanma rasmiysi mukofoti bekor qilindi


Bosh vazir lavozimiga tenglashtirilgan Myanma Davlat maslahatchisi Au San Su Chi
Bosh vazir lavozimiga tenglashtirilgan Myanma Davlat maslahatchisi Au San Su Chi

Xalqaro Amnistiya tashkiloti Myanma hukumati rahbari Au San Su Chiga o’zi taqdim etgan oliy darajali mukofotni bekor qildi. Mazkur qarorga uning mamlakatda rohinja musulmonlariga qarshi uyushtirilgan genotsidni fosh qilish va to’xtatishga urinmaganligi jiddiy sabab qilib ko’rsatilgan.

Tashkilot 2009-yilda sobiq demokratiya faoli va siyosiy mahbusga “Vijdon elchisi” maqomini bergan edi.

Tashkilotning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo’yicha vakili Fransisko Benkosmining bildirishicha, Au San Su Chining rohinja va boshqa mayda etnik guruhlarni himoya qilmagani jiddiy e’tirozlarga sabab bo’lgan.

“Biz uni 2009-yilda taqdirlar ekanmiz, “Vijdon elchisi” sifatida o’z ma’naviy nufuziga tayangan holda jahonda, ayniqsa, Myanmada yuz berajak adolatsizliklarga qarshi kurashishiga umid bildirgan va ishongan edik”, - deydi Benkosmi.

Biroq 2016-yilning aprelida mamlakatning amaldagi noharbiy lideriga aylangan Au San Su Chi va uning ma’muriyati Rohin shtatida mayda musulmon guruhlariga qarshi harbiylar tomonidan uyushtirilgan qatliomni fosh qilmagan yoki to’xtatmagan.

2017-yil avgustida rohinja musulmonlari uyushtirgan hujum natijasida o’ndan ziyod politsiyachilar halok bo’lgan edi. Hukumat rohinja qishloqlariga o’t qo’yish kampaniyasiga zo’r berdi. 700 mingdan ziyod rohinjaliklar Bangladeshga qochib o’tdi. Ular qonli xurujning dahshatli tafsilotlarini oshkor qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti buni etnik qirg’in bo’yicha “o’quv qo’llanmasi” deb atadi.

“Au San Su Chi o’zining fuqaroviy hokimiyati bilan rohinjaliklarga qarshi nizolar keltirib chiqardi. Ularni o’z uylariga o’t qo’yib, zo’rlashlar haqida soxta xabarlar tarqatayotgan terrorchilar deb atadi. Davlat ommaviy axborot vositalari, uning rahbarligidagi fuqarolik hukumati rohinjaliklarga qarshi dushmanlik kayfiyatini yuzaga keltirish va beshafqat choralar qo’llashda yetakchi bo’ldi”, - deydi Fransisko Benkosmi.

Janubiy Afrikadan Nelson Mandela, Pokistonning ta’lim faoli Malala Yusufzay va xitoylik dissident Ai Veyvey tashkilotning “Vijdon elchisi” maqomini olgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG