Breaking News

AQSh: Rohinja musulmonlari qirg'ini oldindan rejalangan


Bangladeshda qo'nim topgan rohinja qochoqlari
Bangladeshda qo'nim topgan rohinja qochoqlari

AQSh Myanmada amalga oshirilayotgan qatag’onni qoralovchi hisobotni e'lon qildi. BMT ham avvalroq shunday hisobot bilan chiqqan edi.

AQSh Davlat departamenti tayyorlagan hujjatda kamchilikni tashkil etuvchi rohinja musulmonlariga qarshi “puxta rejalangan va muvofiqlashtirilgan” ommaviy qirg’in, uyushgan zo’rlash va boshqa zo’ravonliklar amalga oshirilgani keskin tanqid qilingan. AQSh rasmiylariga ko’ra, hisobot xulosalari Birmaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni joriy etishga sabab bo’lishi mumkin.

Qatag’on 2017-yilning avgust oyidan boshlangan. Yuz minglab musulmonlar Rakxayn shtatidan qochib, Bangladeshdagi qochoqlar lagerlariga kelib joylashgan. Hisobot ana shu qochoqlar lageridagi mingdan ortiq rohinja musulmonlaridan olingan intervyular asosida tayyorlangan. Unda zo’ravonliklarga nisbatan “keskin, yirik masshtabli, keng tarqalgan, aholini qo’rqitish va quvib chiqarishga qaratilgan” degan sifatlar berilgan. Qirg'in, shuningdek, "yaxshi rejalangani va boshqarilgani" aytiladi.

O'tgan hafta Gaaga Xalqaro jinoiy sudi rohinja musulmonlarining majburiy deportatsiyasi paytida harbiy jinoyat yoki insoniyatga qarshi jinoyat yuz bergani bo'yicha da'volarni o'rganayotganini ma’lum qilgan edi.

Ayni paytda AQSh 24-sentabr kuni oziq-ovqat, suv, tibbiy va boshqa zarur yordamlarni berish uchun Bangladeshdagi rohinja qochoqlariga 185 million dollar ajratishini e’lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG