Breaking News

Amerika Falastinni sulhni qabul qilishga chaqirmoqda


Isroil vayron qilgan shaharda falastinlik bola, 13-noyabr, 2018-yil
Isroil vayron qilgan shaharda falastinlik bola, 13-noyabr, 2018-yil

AQShning BMTdagi iste’foga chiqayotgan elchisi Nikki Xeyli Falastinni tinchlik sulhini qabul qilishga chaqirmoqda. Sulh imzolansa, Isroildan ko’ra Falastinning yutug’i ko’proq bo’ladi, deydi elchi.

“Haqiqatni tan oladigan vaqt yetdi: tinchlik o’rnatilishidan ikki tomon ham manfaat ko’radi. Biroq Falastinning yutug’i ko’proq, Isroilning esa xavotiri ko’proq bo’ladi”, - deydi Xeyli.

“Isroil rivojlanayotgan qudratli davlat. U hamisha qo’shni mamlakatlar bilan tinchlik aloqalarini o’rnatishga intilgan. Tinchlikka erishish yo’lida yirik hajmli hududlardan voz kechishga ham tayyor ekanini aniq bayon qilgan. Biroq Isroil har qanday shartlarda ham tinchlik sulhini imzolamaydi va shunday qilishi ham kerak”, - deydi elchi.

Nikki Xeyliga ko’ra, Falastin xalqi juda mag’rur. Isroilliklar kabi ular ham har qanday sahrt bilan tinchlik shartnomasini qabul qilmaydi. Xeyli, shuningdek, Falastinning zaif iqtisodi, sog’liqni saqlash va elektr quvvati ta’minoti kabi asosiy xizmatlarning yetishmasligi, G’azo sektorining amalda Hamas ixtiyorida ekaniga urg’u bergan.

“Aholi xavfsizligi bilan hisoblashmaydigan terrorchilar katta hududni boshqarmoqda. Falastinliklarning ahvoli ayanchli. Ularning liderlari esa tobora reallikdan uzoqlashib borayotgan 50 yillik da’volarini talab qilishda davom etmoqda”, - deydi Xeyli.

Uning aytishicha, tinchlik bitimi Falastinga turmush tarzini yaxshilash va o’z siyosiy kelajagini kengroq miqyosda nazorat qilish imkonini beradi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroil-Falastin tinchlik rejasini e’lon qilishni bir necha bor kechiktirdi. AQShning Isroildagi elchixonasini Quddusga ko’chirdi va BMTning falastinlik qochoqlarga yordam beradigan agentligini moliyalashni to’xtatdi. AQShning bir tomonlama qilgan bu qarori Falastin rahbariyatining keskin noroziligiga sabab bo’ldi va Vashington bilan aloqalarning sovushiga sabab bo’ldi.

BMTning Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatish bo’yicha koordinatori Nikolay Mladenov Xavfsizlik Kengashiga bergan bayonotida xalqaro hamjamiyatning nizolarga o’zaro muzokaralarga asoslangan yechim topishdan yiroq ekanini ta’kidlagan.

“Siyosiy jarayonlarsiz bizning barcha jamoaviy va shaxsiy urinishlarimiz nizolarni nazorat qilish imkonini beradi, biroq uning yechimiga sabab bo’lmaydi”, - deydi Mladenov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG