Breaking News

O'zbekiston-Germaniya: Berlin va Myunxenda muzokaralar

O'zbekiston-Germaniya: aloqalarda yangi sahifa

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashar ekan, tomonlar ishonchli sherik bo'lib, hamkorlikni kengaytirishga so'z berdi. Rahbarlar nazarida davlatlar orasida yangi sahifa ochilmoqda.

Kansler Merkel, Prezident Frank-Volter Shtayenmayer va boshqa rasmiylar bilan muloqotda xalqaro hamjamiyatda birgalikda harakat qilish, xususan BMT, Yevropa Ittifoqi va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti doirasida yaqindan ishlash, iqtisodiy-siyosiy va ilmiy-texnologik sohalarda qo'shma loyihalar boshlash hamda O'zbekistonni islohotlar jarayonida quvvatlash haqida gap ketgan. O'zbekistonda nemis tilini o'qitish kengayishi kutilmoqda.

Afg'onistonda tinchlikka erishish hamda Markaziy Osiyo integratsiyasi yo'lida ham Germaniya yaqin hamkor bo'lishini bayon etgan.

Berlindagi uchrashuvlarda Oʻzbekistonda inson huquqlari va demokratik qadriyatlar, davlat boshqaruvida oshkoralik, korrupsiyaga qarshi kurash haqida ham gaplashilgan. Nemis rasmiylari bu borada o'z prinsip va takliflarini bildirgan.

Oʻzbekiston hukumatiga ko'ra, prezident tashrifi arafasida oʻtgan biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalar borasida kelishilgan lekin tafsilotlar berilmagan.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG