Sport, falokat va o’lim 2018-yil davomida “Google”da eng ko’p qidirilgan mavzular bo’ldi.
Har yilnig dekabr oyida kompaniya eng ommabop bo’lgan mavzular ro’yxatini e’lon qiladi. Amerikaliklarning e’tiborini tortgan mavzular Jahon kubogi, Florensiya to’foni, 2018-yilda vafot etgan uch kishi – repper Mak Miller, dizayner Keyt Speyd va televideniye boshlovchisi va loyiha muallifi Entoni Burden bo’ldi.
“Google” qidiruvlar sonini ma’lum qilmaydi. Asosiy e’tibor eng ommabop bo’lgan mavzularni o’tgan yilga qiyoslab belgilashga qaratiladi.
“Qora qoplon” ("Black Panther") filmi o’tgan yilning eng ko’p izlangan kartinasi bo’ldi. Demokratik partiyaning yangi yulduzlari esa eng ko’p qiziqish uyg’otgan siyosatchilar ro’yxatida yettakchilik qilgan.
Eng ommabop mavzular o’ntaligi:
- 1. Jahon kubogi
- Florensiya to’foni
- Mak Miller
- Keyt Speyd
- Entoni Burden
- “Qora qoplon” filmi
- “Mega millions” lottoreyasi natijalari
- Sten Li
- Demi Lovato
- Kongressga oraliq saylov natijalari
Mavzular yo’nalishiga ko’ra:
Yangiliklar
- Jahon kubogi
- Florensiya to’foni
- “Mega Millions” lottereyasi natijalari
- Kongressga oraliq saylov natijalari
- Maykl to’foni
Odamlar
- Demi Lovato
- Megan Markl
- Brett Kavano
- Logan Pol
- Xloya Kardashyan
Siyosatchilar
- Steysi Abrams
- Beto O'Rurke
- Ted Kruz
- Endryu Jillum
- Aleksandria Okasio-Kortez
Filmlar
- “Qora qopon” (“Black Panther”)
- “G’aroyib qahramonlar – 2” (“Incredibles 2”)
- “Dedpul – 2”
- “Qasoskorlar: So’ngsiz urush” (“Avengers: Infinity War”)
- “Sokin maskan” (“A Quiet Place”)
Facebook Forum