Breaking News

Amerikaliklar farzandlari uchun yiliga yarim trillion dollar sarflaydi


Millionlab amerikaliklar nafaqa davri uchun rejalayotgan sarmoyasini xavf ostiga qo’yib, balog’atga yetgan farzandlari uchun moliyaviy manba vazifasini bajaradi.

Kap-katta farzandlariga milliardlab sarflayotgan amerikaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

“Farzandni dunyoga keltirish butun umrlik mehnat degani. Ona-onalar kap-katta bolalariga nafaqa jamg’armasiga qo’yadigan mablag’idan ikki baravar ko’proq sarflaydi”, - deydi bankir Surya Kolluri.

Uning banki, Bank of America, olib borgan tadqiqotga ko’ra, 79 foiz ota-onalar farzandining kundalik xarajatlarini qoplashga ko’maklashadi. Buning uchun yiliga 500 milliard dollar sarflashadi.

Bu summa ichida ota-onalarning farzandlariga to’yona qilib beradigan cheklar hisoblangani yo’q. Shunigndek, uy sotib olishda ham ota-onalar katta xarajat qilishadi.

“Ota-onalar farzandlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlayotganday tuyulishi mumkin, lekin aslida ularning o’z jamg’armasi zaiflashib, bora-bora farzandlarining qo’liga qarab qolishi ham mumkin”, - deydi Kolluri.

82 foiz ota-onalar farzandlari uchun o’zini moliyaviy qurbon qilishga tayyor. 43 foiz ota-onalar o’zlari yemay, farzandlariga yediradi, kiymay, kiydiradi.

25 foiz ota-onalar nafaqaga jamg’argan sarmoyasini nafaqaga yetmasdan farzandlari uchun sarflashni boshlaydi.

Bunday holatlar, ayniqsa, kelib chiqishi Osiyo, Afrikadan yoki ispanzabon bo’lgan etnik guruhlar orasida kuchli.

Tadqiqotlarga ko’ra, bunday yo’l tutadigan ota-onalarning deyarli yarmi farzandlari bilan moliyaviy masalalarda muayyan bir chegara yaratmaganidan afsuslanishadi.

“Yoshlarni o’z byudjetini boshqarishga o’rgatish oson emas. 59 foiz ota-onalar farzandlariga samarali investitsiya qilishni o’rgatdik deb o’ylashadi. Vaholanki, 31 foiz o’smirlar byudjet boshqarishni ota-onasidan o’rganganini tasdiqlaydi, xolos. Bu degani faqatgina yarmi. Demak, bolalarga moliyaviy bilim berishni, byudjet boshqarishni bolalarning katta bo’lishini kutmasdan uqtiraverish kerak”, - deydi Kolluri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG