Breaking News

Kashmirda nodavlat tashkilot yoshlarning to'yini moliyalamoqda


Xalqaro hayot: Kashmirda ommaviy to'ylar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Nikoh to'yini o'tkazish bo'yicha har bir madaniyatning o'ziga xos urf-odatlari bor. Ayrimlar katta dabdabalar bilan yuzlab mehmonga dasturxon yozsa, boshqalar faqat oila a'zolari va yaqinlari davrasida turmush qurishni afzal ko'radi. Hindiston va Pokistonda to'y qilish katta xarajat. Sep qilish kabi moliyaviy majburiyatlar esa qizlarning turmush qurishiga to'siq bo'ladi. Kashmirning Shrinagar shahridagi nodavlat tashkilotlardan biri moliyaviy ahvoli yaxshi bo'lmagan yuzlab yoshlarning boshini qovushtirishga yordam bermoqda.

Hindiston nazoratidagi Kashmirda to'y qilish juda serxarajat ish. Ko'plab oilalarning bunga qurbi yetmaydi. Qalliqlar, odatda, ota-onalar tomonidan topilishi bois yoshlar uchun o'zlariga mos juft topish yanada qiyin.

"Jafri kengashi" deb nomlangan mahalliy tashkilot to'y chiqimlarini kamaytirishning yo'lini topdi. U bir paytda yuzdan ortiq oilalarning nikoh oqshomini tashkil etmoqda.

"30 dan ortiq turmush qurmagan og'il-qizlari bor odamlarni topdik. Biz ularga yordam berishimiz kerak, deb hisobladik", - deydi tashkilot vakili G'ulom Rasul Chaka.

Bitta tadbirda 105 yosh juftlikning to'yi bo'ldi. An'anaviy to'ylar kabi, unda har bir juftlikning mehmonlari ishtirok etdi, musiqa va ziyofat berildi.

Said Tanvir Husayn ismli kuyov uchun bu kabi to'ylar ma'qul.

"Nikoh tadbiri juda yaxshi o'tdi. Hamma biz kabi turmush qurishi kerak", - deydi kuyovlardan biri.

Kashmirlik kelinlar, odatda, pul yoki qimmatbaho taqinchoq shaklidagi sep bilan keladi. Yangi turmush qurgan Fotimaning aytishicha, to'ylarni bu tartibda o'tkazish keraksiz urflarni tugatishga ham hissa qo'shmoqda.

"Bu tashkilot juda yaxshi ish qilyapti. Kamida qashshoqlar uchun yaxshi ish. Sep odati tugashi kerak. Ko'plab o'qimishli qizlar turmush qurmasdan uyda o'tiribdi, chunki sep berishga qurbi yetmaydi", - deydi Fotima.

Bu hududda nikoh to'yi o'rtacha 30-40 ming dollarga tushadi. Jafri kengashi tashkil etayotgan to'ylar uchun esa har bir oila 700 dollar hissa qo'shsa kifoya. Eng muhimi, deydi tashkilotchilar, yoshlar yangi hayotni qarzsiz va u bilan keladigan g'am-tashvishlarsiz boshlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG