Breaking News

Yosh avlodga internetning ta'siri qanday?


AQSh va Yevropa olimlari tahliliga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kattalardan ko’ra bolalar va o’smirlar orasida keng tarqalgan. Internet kompaniyalari, ota-onalar internetning salbiy ta’sirini tushunib yetishda oqsayotganday.

Bolalar hozir ota-onasi o’sgan davrdan ko’ra butunlay boshqa bir dunyoda o’smoqda.

““WhatsApp” applikatsiyasini ishlataman. U yerda sinfdoshlarim bilan bir nechta guruhlarimiz bor", - deydi bir bola.

“Instagram va WhatsApp ishlataman”, - deydi yana bir o’smir.

“Menga “WhatsApp”, “Skype”, “Google”dan foydalanish yoqadi”, - deydi yana bir suhbatdosh.

Mutaxassislar bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda doimiy aloqada bo’lishni istashi ular hali tayyor bo’lmagan emotsional stresslarni yengib o’tolmasligi va bu holat salbiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidlamoqda.

Angliya bolalar himoyasi tashkilotiga ko’ra, “like”lar soni bolalarga doimiy bosim va bezovtalik beradi.

“11-12 yoshli maktab o’quvchilariga raqamli texnologiya savodxonligi majburiy o’qitilishi kerak. Maktablarda internetdan to’g’ri foydalanishni o’rgatishadi, lekin emotsional ta’sir biroz chetda qoladi”,- deydi Angliya bolalar himoyasi tashkilotidan Anni Longfild.

Ba’zan his-tuyg’ulari to’liq shakllanib ulgurmagan bolalar taqdiri o’z joniga qasd qilish bilan tugashi ham mumkin. O’smirlar o’limi aynan ijtimoiy tarmoqlardagi bosim tufayli sodir bo’layotgani ilmiy isbotini topmagan bo’lsada, 2010-2015-yillarda ko’rsatkichlar keskin ko’tarilgan.

Tadqiqotchilarning yana bir kuzatuvi - ijtimoiy tarmoqlarga bog’lanib qolganlar kuchli uyqusizlikka duchor.

13 ga kirmaganlar internetdan ko’p foydalanmaydi. Shunday bo’lsa-da, internet girdobiga tushib qolish juda oson.

“Chuqurroq o’ylab, hali ko’p ishlar qilinishi lozim. Bunda ota-onalarning ham o’rni beqiyos. Farzandlari 13 ga kirgunga qadar internet xavfi, muammolar yoki yaxshi tomonlarini tushuntirishi, doimiy gaplashishi kerak”, - deydi Bolalarni yovuzlikdan asrash jamiyatidan Toni Stover.

Biroq ota-onalar qanday yo’l tutishni hali bilmaydi.

“Bizning bolaligimizda bunaqa narsalar yo’q edi. Ota-onalarning o’zlariga ham bu masalada yordam kerak. Faqatgina o’sha muhitda bo’lganlarniga internet ta’sirini tushunishi mumkin”, - deydi bir ota.

Bolalarni internetga ruju qo’ymasligini oldini olishning usuli ularni sportga jalb qilish, deydi mutaxassislar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG