Breaking News

Amerikalik sarmoyadorning Rossiyada hibsga olinishi biznes ahlini hayratga soldi


Amerikalik sarmoyador Rossiya qamog'ida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00

Taniqli amerikalik sarmoyador Maykl Kalvining Rossiyada hibsga olinishi mamlakatdagi xorijiy investorlarni sarosimaga soldi. "Orient Express Bank" bilan sudlashayotgan Kalvi firibgarlikda ayblanmoqda. Unga ayblov e'lon qilinishi ko'plab tabirkorlarni Rossiya kapital bozorini tark etishga undashi mumkin.

Maykl Kalvi Rossiyada end nufuzli amerikalik ishbilarmonlardan biri. U hozir Moskva qamog'ida.

Unga 37,5 million dollarlik mablag' aralashgan firibgarlik aybi qo'yildi. Uning hibsga olinishi biznes ahlini larzaga soldi.

"Bu hayratlanarli. Bu faqat zarar keltiradi. Strategik tashabbuslar agentligining sarmoya muhitini yaxshilashga qaratilgan oxirgi 7-8 yildagi barcha ishini chippakka chiqaradi", - deydi Kremldagi Biznes etikasi bo'yicha ombudsman o'rinbosari Aleksandr Xurudji.

Bu hodisa Kreml va Prezident Vladimir Putin olib borayotgan siyosatga ham xilof. U mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadigan vaziyatlarga yo'l qo'ymaslikni aytib keladi.

20-fevral kuni u yana shunga urg'u berdi.

"Katta maqsadlarga erishish uchun korxonalar tashabbusi va erkinligini cheklaydigan har bir narsadan voz kechishimiz kerak. Adolatli bizneslar jinoiy yoki ma'muriy jazoga tutilishi mumkinligidan qo'rqib yashamasligi kerak", - dedi Putin.

Rossiya iqtisodiyoti AQSh va Yevropa sanksiyalari tufayli allaqachon G'arbning ishonchsizlik muhitiga yo'liqqan.

Hozir Putinining yaqin ittifoqchilari ham sarosimada. Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Kalvining hibsga olinishini "iqtisodiyot uchun favqulodda holat" deb atadi.

Bu hodisa moliya sektorlarida qo'rquv uyg'otmoqda, deydi iqtisodchilar.

"Hozir bu zarar. Bu har birimizni o'ylashga undaydi. Men qachon qamoqqa kirar ekanman, deb. Har bir xorijlik biznesmenning xayolidan shu narsa o'tadi", - deydi Rossiyadagi Amerika savdo palatasi prezidenti Aleksis Rodzianko.

Maykl Kalviga nima bo'lishi noma'lum. Mamlakatdagi sarmoya muhitining kelajagi u kabi sarmoyadorlar taqdiriga bog'liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG