Breaking News

Xorijiy davlat qamoqlarida qancha amerikalik bor?


Xalqaro hayot: o'g'irlab ketilgan amerikaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00

Ayni paytda o'ndan ortiq amerikalik xorijda garovga olingan. Aksariyati aybsiz ekani, chet el hukumatlari tomonidan siyosiy qurol sifatida ushlab turilishi aytiladi.

Shimoliy Koreyada oylab tutqunlikda yashagan uch amerikalikning 2018-yil may oyida ozod qilinishi Prezident Donald Tramp uchun katta yutuq deb ko'rildi.

"Uch odamga yordam berganimdan faxrlanaman, ular ajoyib odamlar", - degan edi Tramp.

Xorijdagi hibsxonalarda yotgan amerikaliklar hali ko'p. Ulardan biri jurnalist Ostin Tays. U 2012-yil avgustda Suriya kuchlari tomonidan hibsga olingan.

Onasi AQSh hukumati ko'rayotgan choralarni olqishlaydi.

"Bu ma'muriyat amerikaliklarni vatanga qaytarish masalasiga jiddiy e'tibor beryapti. Ular buni uddalashdi ham. Bor kuchlari bilan harakat qilishyapti. Lekin esdan chiqarmaslik kerak, biz harakatning faqat yarmini qila olamiz. Kun bo'yi stulda o'tirib kutishimiz mumkin, lekin ikkinchi tomon kelmasa, kutishdan boshqa choramiz yo'q", - deydi jurnalistning onasi.

Eng qiyini garovdagilar uchun. Jeyson Rezayan ozod bo'lganini eshitgan kuni Eron qamog'ida 544 kun o'tirgan edi.

"Dastlabki haftalarda nima o'ylashni ham bilmadim. Xayollarim chalkashdi, qo'rqdim, lekin tugashiga ishonardim. Yolg'iz qamoqda o'tirish boshlangach, xavotirim oshdi. Menga seni o'ldirishadi, bir necha soatdan so'ng boshingni olishadi, deb aytishardi", - deya xotirlaydi u.

AQSh Eron bilan odam almashish bo'yicha kelishuvga erishgach, Rezayan 2016-yil ozod qilindi. Lekin erkinlikka chiqishini kutib yotgan amerikaliklar hali ko'p.

"Uyga ketishimga yordam bering. AQShga 33 yillik xizmatim bor, axir. Iltimos, yordam bering".

Bu 2007-yil Eronda surishtiruv olib borayotganda g'oyib bo'lgan FBR sobiq xodimi Robert Levinsonning nolasi. 2011-yil shu video chiqquncha uning tirikligi ham aniq emas edi.

"Bu video aks-sado berdi, hammaning e'tiboriga tushdi. Bunday videolar har doim ham chiqavermaydi, aloqa o'rnata olmaymiz. Shu bois odamlar e'tibor berishni ham to'xtatdi", - deydi floridalik qonunchi Ted Doych.

Qo'lga olinganiga 12 yil bo'lishga qaramay, Levinsonning taqdiri hanuz noma'lum. U tarixda eng uzoq ushlab turilgan amerikalik hisoblanadi.

Xorijdagi tutqun amerikaliklar haqida ba'zi ma'lumotlar sir saqlanadi. Masalan, Davlat departamenti xorijiy hukumatlar tomonidan qancha amerikalik hibsda ushlab turilgani haqidagi axborotni bermaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG