Breaking News

AQSh qatl etilgan jurnalistni qutqarishga uringan


"Islomiy davlat" tomonidan qatl etilgan jurnalist Jeyms Folining ota-onasi, Dayan va Jon Foli, o'g'lini insoniyat manfaatlari uchun jon bergan qahramon deb atadi.
"Islomiy davlat" tomonidan qatl etilgan jurnalist Jeyms Folining ota-onasi, Dayan va Jon Foli, o'g'lini insoniyat manfaatlari uchun jon bergan qahramon deb atadi.

AQSh harbiylari “Islomiy davlat” guruhi tomonidan garovga olgan odamlarni ozod etishga uringan, ammo uddasidan chiqmagan, deya ma’lum qildi Mudofaa vazirligi 20-avgust kuni. Garovdagi odamlar orasida seshanba kuni qatl etilgan jurnalist Jeyms Foli ham bo’lgan.

Ayrim tafsilotlarni oshkor etgan Pentagon rasmiylari Suriyaning qayerida va qachon bunday operatsiya amalga oshirilgani, AQSh harbiylari unda qanday ishtirok etganini aytmadi.

“Qo’shma Shtatlar yaqinda Suriyada “Iroq va Shom islomiy davlati” tomonidan garovda ushlab turilgan qator amerikaliklarni ozod etish bo’yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi”, - deyiladi Pentagon bayonotida. “Afsuski, missiya muvaffaqiyatli bo’lmadi, chunki garovdagi odamlar nishonga olingan joyda yo’q edi”.

Oq uy rasmiylarining “Nyu-York Tayms” gazetasiga bildirishicha, AQSh maxsus kuchlari va islomiy jangarilar o’rtasida otishma bo’lib o’tgan, harbiy samolyotga o’q tekkanida bir amerikalik askar jarohatlangan.

Suriyada 2012-yilda bedarak yo’qolgan 40 yoshli Jeyms Folining qatl etilishi 19-avgust kuni internetga qo'yilgan videoda tasvirlangan. Prezident Barak Obama jurnalist o’limiga sababchi “Islomiy davlat” guruhini yo’q qilish kerak, dedi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG