Breaking News

Planetani global isishdan qanday qutqarish mumkin?


O'rmonlarni kengaytirish - global isishga qarshi kurashning tabiiy yo'li
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

Olimlarga ko’ra, zararli gaz chiqindilarini qisqartirish global iqlim o’zgarishi tahdidlariga qarshi kurash uchun yetarli emas. Atmosferani karbonat angidriddan tozalash lozim. Buning eng samarali va tabiiy yo’li o’rmon hududlarini kengaytirishdir. Jumladan, 22-aprel kuni o’tadigan “Yer kuni”da minglab daraxt ko’chatlarini ekish an’anaga aylangan. Tadbirda talabalar, tabiat muhofazasi faollari va ko’ngillilar ishtirok etadi. Tashabbusni dastaklayotgan yirik korporatsiyalar 2022-yilga qadar dunyo bo’ylab 100 million daraxt ekish mas’uliyatini o’z zimmasiga olgan.

Jumladan, nufuzli “Shell” kompaniyasi navbatdagi uch yil mobaynida o’rmon hududlarini qayta tiklash ishlariga 300 million dollar ajratishini ma’lum qilgan. Appalachi tog’larida ko’mir konlarining ishga tushishi natijasida qisqarib ketgan o’rmon hududlarini ham qayta tiklash lozim. AQSh sharqida asoslangan ekologik loyihalardan biri ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Virjiniya shtatining g’arbida inson omili ta’sir ko’rsatmagan asl o’rmon kengliklari bor.

“Mamakat sharqida inson qo’li bilan o’zgartirilmagan joyni topish juda qiyin”, - deydi O’rmonchilik xizmati biologi Sheyn Jons.

Uning aytishicha, o’n yillar avval xarita tuzishdagi xatolik tufayli shu o’rmon hududi kesilmay omon qolgan.

Bunday qizil archali o’rmonlar global isishga sabab bo’layotgan atmosferadagi karbonat angidridni yutib, tuproq qatlamiga singdirib yuboradi.

“Mana karbonat angidridga to’yingan qop-qora tuproq”, - deydi Jons.

Appalachi tog’laridagi qizil archa o’rmonlarining 90 foizi sanoat va ko’mir konlari sababli yo’q bo’lib ketgan.

Energiya quvvati olish uchun yoqiladigan ana shu ko’mirlar atmosferada karbonat angidrid hajmining o’sishiga sabab bo’ldi. Global isish jarayonida o’rmonlar kengayishi muhim.

Kentakki universiteti olimi Kris Barton ayni damda tropik o’rmonlarga e’tibor oshganini aytadi.

“Vashington shahridan to’rt soatlik masofada joylashgan mo’tadil Appalachi hududida ekish mumkin bo’lgan milliardlab daraxt mavjud”, -deydi Barton.

Eski kon hududlarini o’rmonga aylantirish lozim, deydi olim.

Ana shu maqsadda Barton “Yashil o’rmon” guruhini tuzib, Appalachi tog’larining mina portlatib konlar ochilgan 400 ming gektarlik maydonida o’rmonzorni tiklamoqchi.

Biroq aksariyat yerlarning sifati muammo tug’diradi.

“Ayrim yerlarda daraxt unmaydi. Yer qotib ketgan. Suv singmaydi, ko’chat ildiz otmaydi. Kislorod aylanishi ham yuz bermaydi”, - deydi Barton.

Masalaning yechimi mashaqqatli mehnat, ishchi kuchi va texnikani talab qiladi.

Ekilgan ko’chatlar ildiz otishi uchun bu dag’al yerlarni ag’darishga to’g’ri keladi.

Biroq Barton odamlarni bunga ko’ndirish oson emas, deydi.

“E’tiroz bildirganlar ko’p bo’ldi. Qizig’i shundaki, ish bitgach, to’g’ri yo’l tutganimizga shubha qolmaydi”, - deydi Barton.

Natijalar ko’rina boshladi. Haydalgan yerlarga ekilgan ko’chatlar qad ko’tarib, o’rmon tiklanmoqda.

G’arbiy Virjiniyada qizil archali o’rmonlarning tiklanishi 56 million barrelga teng neft zaxirasini hosil qilishi mumkin, deydi olimlar.

Sheyn Jonsning aytishicha, buning uchun o’nlab yillar kerak bo’ladi.

“Biz ekkan ko’chatlarning ko’karganini ko’rish zavq bag’ishlaydi. Biroq biz hanuz boshlang’ich bosqichdamiz. Chunki bizning hozir qilayotgan mehnatimiz natija berishi uchun uzoq vaqt kerak bo’ladi”, - deydi Jons.

Tabiat vazmin harakatda, biroq albatta natija beradi, deydi olim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG