Oq uy 2020-yilgi aholini ro’yxatdan o’tkazish so’rovnomasiga fuqarolikni aniqlashtiruvchi savol kiritilishini rejalamoqda. Maqsad mamlakatdagi hujjatsizlar sonini aniqlash. Bunday savol kiritilishiga qarshi tomon, talab immigrantlarning so'rovda ishtirok etishdan bosh tortishiga sabab bo’ladi, natijada, ayrim shahar va shtatlardagi yirik jamiyatlar ham ro’yxatga tushmay qoladi degan fikrda. Nyu-York va Kaliforniya federal sudlari yangicha tartibni inkor etishi ortidan ish Oliy sudga oshirilgan. Savdo vazirligi bu qarordan ularni qaytarmoqchi.
Aholini ro’yxatga olish so’rovnomasiga fuqarolikka doir savolning qo’shilishi rejasi AQSh Oliy sudi oldida norozilik namoyishiga sabab bo’ldi.
Vaziyatdan norozilar bunday savol millionlab odam, xususan, ispanzabon immigrantlarda qo’rquv uyg’otishini ta’kidlamoqda.
“AQSh fuqarosimisiz?” degan savol so’rovnomaning shunchaki bir satri emas. Gap mamlakatda barchaning hisobga olinishida. Hukumatning o’zi shu savol bilan 6,5 million kishining so’rovdan bosh tortishiga sabab bo’ladi, deb hisoblaydi”, - deydi yurist Deyl Xo.
Aholini ro’yxatga olish har 10 yilda o’tkaziladi. Vakillar palatasidagi o’rinlar va 800 milliard dollar federal mablag’ taqsimoti ham shundan kelib chiqadi. Fuqarolikka oid savolga qarshilarga ko’ra, ma’muriyatning rejasi immigrantlarni hadikka soladi. Natijada ayrim jamiyatlar siyosiy vakillik, ta’lim, infrastruktura va ijtimoiy xizmatlar uchun ajratilgan federal mablag’lardan mahrum bo’ladi.
“Ma’muriyatning bunday qistovi irqchilik siyosatining ajralmas qismi. Bu immigrantlar, jumladan qora tanli muhojirlarni o’z jamiyati, resurslari va vakillaridan ayirib qo’yadi”, - deydi Immigratsiya uyushmasi rahbari Nana Jiyamfi.
Oliy Sud a’zolari ham ikkiga bo’lingan. Tomonlar besh-u to’rt hisobida Tramp ma’muriyati foydasiga ovoz bergan. Qaror iyun oyida chiqariladi.
“Hukumatning qo’li baland keladi deb o’ylayman. Kongressda qabul qilingan nizomga ko’ra, savdo vaziri so’rovnoma savollarini tuzishga to’liq vakolatli. Bunga qarshi da’volar hatto Oliy sudda ko’rib chiqilishiga ham ishonmayman”, - deydi Meros fondi vakili Xans fon Spakovski.
Savolning qo’shilishini yoqlayotganlar shaxslarning mamlakatda qonuniy yoki noqonuniy yurgani so’ralmasligini aytmoqda. Qolaversa, so’rovnoma maxfiy hujjat bo’lib, ro’yxatga olish byurosi ma’lumotlarni boshqa federal idoralarga tarqatmaydi, deydi tarafdorlar.
Facebook Forum