Breaking News
Din

Hisobot: Xitoy diniy erkinliklarni keskin toptamoqda


Xalqaro hayot: Diniy erkinlik bo'yicha hisobot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi 16 mamlakatni diniy erkinlikni doimiy buzib kelayotgani bois "alohida tashvishga molik davlatlar" deb atadi. Milliondan ortiq uyg'urlarni konsentratsion lagerlarda saqlayotgan Xitoy alohida tilga olindi.

"Xitoy Tibet buddistlari, Falungun va hatto cherkovlarga ham qarshi. Agar Xitoy hukumati biror fuqarosining Xitoy Kommunistik partiyasidan boshqa narsaga sadoqatli ekanini ko'rsa, buni tahdid deb hisoblab, uni yo'q qilish uchun hamma narsani qiladi", - deydi komissiya a'zosi Geri Bouer.

Bouerga ko'ra, AQSh diniy erkinliklar buzilishiga qaysi Xitoy rasmiylari mas'ul ekanini biladi va uyg'urlarni ozod qilish hamda hukumatga bosim o'tkazish uchun bu ismlar oshkor qilinishi kerak.

Komissiya xulosasiga ko'ra, 2018-yil Nigeriyada ham zo'ravonlik va diskriminatsiya kuchayib, vijdon erkinligi holati yomonlashgan.

"Nigeriya bir necha sabablarga ko'ra ro'yxatga kirdi. Masalan, nodavlat tomonlar qo'l urgan zo'ravonliklarga ko'z yumilyapti", - deydi komissiyaning yana bir a'zosi Anurima Bargava.

Dunyo bo'ylab ko'plab joylarda ibodatxonalar turli hujumlarga duchor bo'layotgani aytiladi. Demokrat kongressmen Jim Makgovern ham shundan xavotirda.

"Kaliforniyada yaqinda yuz bergan fojiaga va sinagogaga qilingan yana bir hujumga guvoh bo'ldik. AQShda va butun dunyoda musulmonlarga qilingan hujumlarni ko'rdik. AQShda ham nasroniy cherkovlari hujumlarga ro'baro' bo'layotganini ko'ryapmiz. Diniy erkinlik haqida gapirar ekanmiz, muammo dunyoning u yuzida emas, balki eshigimiz oldida hamdir", - deydi Makgovern.

Qonunchilarning aytishicha, dunyo bo'ylab idobat uylarini himoya qilish turli siyosiy qarashdagi barcha amerikaliklar birdek qo'llab-quvvatlaydigan masaladir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG