Breaking News

Xitoy Shinjon musulmonlarini mobil ilova orqali ta'qib qilmoqda


Koshg'ar shahridagi masjid devoriga o'rnatilgan xavfsizlik kamerasi, 6-sentabr, 2018-yil.
Koshg'ar shahridagi masjid devoriga o'rnatilgan xavfsizlik kamerasi, 6-sentabr, 2018-yil.

Xitoy hukumati Shinjon avtonom hududida musulmon aholini ommaviy nazorat qilishga mo’ljallangan mobil ilovadan foydalanmoqda. Bu haqda 2-may kuni “Human Rights Watch” (HRW) tashkiloti ma’lum qildi.

Nyu-Yorkda asoslangan tashkilotning bildirishicha, mobil ilova Shinjon aholisining “qon turi va bo’yidan tortib, diniy va siyosiy qarashlarigacha bo’lgan” maxfiy ma’lumotni to’playdi.

Ilova shaxslarning mobil telefoni, mashinasi va shaxsini tasdiqlovchi biometrik hujjatlarini kuzatish, ta’qib qilish imkonini beradi. Shuningdek, musulmonlar jamoatchilik bilan aloqada bo’lish-bo’lmasligi, elektr quvvatidan ortiqcha foydalanishigacha kuzatuv ostida bo’ladi.

“Shinjonda Xitoy politsiyasi aholining qonuniy xatti-harakatlariga doir ma’lumotni noqonuniy yo’l bilan to’plab, ularning o’ziga qarshi qo’llamoqda”, - deydi HRW tashkilotining Xitoy bo’yicha eksperti Maya Veng.

Shinjonda 13 million uyg’ur va boshqa musulmon etnik guruhlar vakillari yashaydi.

Xitoy hukumati bir milliondan ziyod musulmonlarni qayta tarbiyalash lagerlarida ushlab turganligi uchun keskin tanqidga uchragan. Huquq faollariga ko’ra, hukumat ommaviy qatag’on siyosatini yuritmoqda. Pekin ayblovlarni inkor etib, ekstremizmning oldini olish uchun kurashayotganini iddao qiladi.

Shinjonda qozoqlar soni bo’yicha uyg’urlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu yerda qirg’iz, o'zbek, tojik va dunganlar ham yashaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG