Breaking News

O'zbekistonda o'qigan afg'onlar: O'zbek tilini rivojlantiramiz


Termizda tahsil olgan afg’onistonlik yoshlar vataniga qaytdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:09 0:00

O’zbekistonning Surxondaryo viloyatida ikki yil davomida o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida tahsil olgan afg’onistonlik yoshlar vatanga qaytdi. 96 nafardan iborat ushbu yoshlarning 11 nafari qizlar.

Mazkur yoshlar Termizda joylashgan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida o’qigan bo’lsa, ular diplomi Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan berildi.

Alishir Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti rahbari Shuhrat Sirojiddinov yoshlarga diplom ulashar ekan, Afg’onistonda o’zbek tilini rivojlantirish uchun amaliy qadamlar tashlanganini ta’kidladi.

“Katta tarixiy qadam tashlandi. Kobul davlat universitetida Alisher Navoiy nomidagi tadqiqot markazi ochiladi. Bakalavr diplomini olganlar u yerda (Kobulda) magistratura va doktoranturani o’qishlari ham mumkin. Balki bu ish bu yil bo’lmas, bir yildan keyin amalga oshar”, - deyi Shuhrat Sirojiddinov.

Diplom topshirish marosimiga Afg’onistondan biror bir davlat rasmiysi kelmadi. Unda Afg’onistonning Termizdagi konsuli Sangin Iskandariy, O’zbekiston respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Qo’ng’irotboy Sharipov, Surxondaryo viloyati hokimi To’ra Bobolov qatnashdi.

“O’zbekiston Afg’oniston bilan yaqin hamkor, siz bitiruvchilar ushbu hamkorlikni yana-da rivojlantirishda o’z hissangizni qo’shasiz, degan umiddamiz”, - dedi Surxondaryo viloyati hokimi To’ra Bobolov.

Bitiruvchi yoshlar orasida O’zbekistonga kelish yoki bu davlatda tahsil olishi xayoliga kelmaganlari ham kam emas. Aksariyati oddiy oila farzandlari. Ular bitirgan yo’nalishlari bo’yicha ishlash umidida.

Asadullah Aziziy: “Vatanga qaytib ona tilimni rivojlantirish uchun ishlayman”.

“O’zbekistonga kelib, bu yerda yashovchi xalqning madaniyati bilan tanishdik. Juda mehmondo’st xalq ekan”, - deydi Latifa Nuriy.

Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi direktori Oybek Ro’ziyev yangi qabul qilinadigan talablar temiryo’l qurilishi yo’nalishida bo’lishi mumkinligini, ayni damda boshqa sohalar bo’yicha ham qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilishini bildirdi.

“500 nafar talabani tizimli ravishda qabul qilish bo’yicha kelishib olindi. Ular avgust oyida o’qishni boshlaydi. Markaz orqali Afg’onistonga ko’proq kadrlar tarbiyalashga harakat qilamiz”, - deydi Oybek Ro’ziyev.

O’zbekistonning Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi 2017-yilning noyabrida tashkil qilingan. 2018-yil yanvarida ishga tushirilgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG