Qirg'iziston sobiq rahbari Almazbek Atambayevni hibsga olish operatsiyasini qonli tus oldi: bir kishi o'ldi, 40 nafarga yaqin odam yaralangan.
Korrupsiya va amalini suiiste'mol qilganlikda ayblanayotgan Atambayev uni olib ketish uchun safarbar etilgan maxsus qurolli kuchlarga bo'ysunmoqchi emas.
Yuzlab tarafdorlari uning Bishkek yaqinidagini o'rab olgan va maxsus kuchlar bilan olishmoqda. Ularda ham qurol bor. Internet va uyali aloqa uzilgan.
Atambayev video bayonot berib, Prezident Suronboy Jeenbekovni o'z xalqiga qarshi o't ochishni buyurganlikda aybladi. Maxsus kuchlar boshida rezinali o'q otdi, keyin esa haqiqiysiga o'tdi, deydi Atambayev.
U bo'yniga qo'yilayotgan ayblarni tan olmaydi va parlamentni nodemokratik va noxolis faoliyatda qoralaydi. Parlament Atambayevni ikki oy oldin daxlsizlik huquqidan mahrum etgan edi.
Atambayev hovlisidagi bugungi voqealar suratlarda.