Tramp ma’muriyati 12-avgust kuni AQSh hududida yashayotgan muhojirlarning doimiy yashash huquqini qiyinlashtiruvchi yangi tartibni joriy qildi. Xususan, kam ta’minlanganlar uchun mo’ljallangan bepul tibbiy xizmat, oziq-ovqatlar uchun talonlar yoki turar-joy uchun yordam olgan immigrantlarning grin-karta olish uchun topshirgan arizasi rad etilishi mumkin.
Oq uyga ko’ra, nochor immigrantlar soliq to’lovchilar yelkasiga ortiqcha yuk. Biroq faollar yangi tartibni kambag’al immigrantlarga nisbatan adolatsizlik deb hisoblamoqda.
Yangi tartib nimani anglatadi? Endi AQShga kelish yanada qiyinlashdimi? Shu savollarga oydinlik kiritish maqsadida huquqshunos Mirakmal Niyazmatov bilan suhbatlashdik. Muloqotni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum