Breaking News

Rossiya AQShni saylovga aralashayotganlikda aybladi


Rossiyadan AQShga qarshi siyosiy ayblov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Rossiya siyosatchilari AQShni Moskvada bo'ladigan saylovlarga aralashishga uringanlikda ayblamoqda. Ularga ko'ra, shahardagi ommaviy namoyishlar ortida Vashington turibdi. AQSh bu ayblovlarni inkor etadi. Masalani o'rganish uchun Rossiya parlamentida maxsus komissiya tuzilgan.

Duma da'vosiga ko'ra, Moskvada yuz bergan ommaviy namoyishlar ortida AQSh turibdi.

Navbatdan tashqari sessiyaga yig'ilgan deputatlar G'arbni sentabrdagi saylovlarga ta'sir o'tkazish uchun namoyishchilarni qo'llayotganlikda aybladi.

"Xorijiy davlatlardan bunday aralashuv, AQSh Davlat departamenti, elchixona saytlari va ba'zi davlat matbuotidan ruxsat berilmagan namoyishlarda qatnashishga chaqirish qabul qilib bo'lmas holat", - deydi Duma spikeri Vyacheslav Volodin.

Parlament tashqi aralashuvni tekshirish uchun komissiya tuzdi.

Rasmiylar Moskvadagi shahar kengashi saylovlariga muxolif nomzodlarni ro'yxatga olishni rad etgach, iyul oyida namoyishlar boshlanib ketgan edi.

Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganovning aytishicha, yurishlarni tashkillashtirish uchun xorijdan millionlab dollar pul olingan.

"AQSh elchixonasi saytida bular qanday tashkillashtirilganini ko'rdim. Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyada ham ko'rganman va eslayman", - deydi Zyuganov.

Rossiya rasmiylari AQSh elchixonasi saytiga namoyish bo'layotgan joy xaritasi qo'yilganidan norozi.

Amerika diplomatlariga ko'ra, xarita AQSh fuqarolarini ogohlantirish va ehtiyot bo'lishga chaqirish maqsadida qo'yilgan.

Vashington Moskva ayblovlarini inkor etadi.

Kuzatuvchilar esa Kreml AQShning Rossiyaga nisbatan siyosatiga javob qaytarayotganini aytadi.

"Ogohlantirish bor bu yerda. Rossiya siyosatida bu hozir keng tarqalgan. Boshqalar qilgan ishga javob beryapmiz, deb aytishadi", - deydi jurnalist Sergey Parxomenko.

"Roskomnadzor" tashkiloti "Google"dan namoyishlar, namoyishchilarning hibsga olinishi haqidagi ma'lumotlarni, "Youtube" videolari va jonli namoyishlari haqida kelayotgan eslatmalarni filtrlashni so'ragan.

Moskva so'z erkinligini yanada bo'g'ish yo'lidan boradi, deydi Parxomenko.

"Vaziyatdan nazoratni yanada kuchaytirishmaqsadida foydalanishadi", - deydi u.

Xorij aralashuviga oid komissiyaning ilk yig'ilishi avgust oxirida bo'lib o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG