Breaking News

Tramp Rossiya bilan yangi yadroviy bitim imzolashga qarshi emas


Qo’shma Shtatlar O’rta va qisqa masofaga uchadigan yadroviy raketalarni taqiqlash to’g’risidagi shartnomadan chiqdi. Vashington bu qarorida Rossiyani ayblamoqda. “Bu davlat kelishuv shartlariga amal qilishni istamadi”, - deydi Davlat kotibi Mayk Pompeo.

AQSh va Rossiya yadroviy raketalar bo'yicha yangi bitim imzolaydimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

1987-yilning dekabrida AQSh va Sovet Ittifoqi rahbarlari Ronald Reygan va Mixail Gorbachev Oq uyda uchrashgan. Tantanali marosim ikki qudratli davlat orasidagi iliqlashuv ramzi edi deb yodga olinadi.

“Ushbu shartnomaning ahamiyati faqat raqamlarda emas. Ruslarda bir hikmatli ibora bor. Siz ham eshitgan bo’lsangiz kerak, janob bosh kotib. Доверяй но проверяй, ya’ni ishoning ammo tekshiring deyishadi”, - degan edi Reygan.

Tashqi siyosat va qurollarni tarqatmaslik bo’yicha ayrim ekspertlar deydiki, kelishuvning bekor qilinishi xavotirga molik.

“AQSh Rossiyaga qarshi ishlatish uchun yangi qurollar ishlab chiqarishi haqiqatdan ham beqarorlikka olib keladi. Reygan va Gorbachev bu yo’ldan borish noto’g’ri ekanini tushungani uchun ham ayrim kategoriyadagi qurollarni butunlay yo’q qilishga kelishib olgan. Chunki ular Yevropa tinchligiga tahdid solgan bo’lardi”, - deydi Qurol nazorati markazidan Jeff Vilson.

Rossiyaning o’rta masofaga uchadigan raketalari doirasida joylashgan Yevropada xavotir shuki, 2021-yilda muddati tugayotgan Yangi START bitimi ham yangilanmasligi mumkin.

“Yadro qurollari nazoratiga doir an’anaviy muzokaralar va kelishuvlarga shubha bilan qaraydigan prezident va maslahatchilari o’tiribdi Oq uyda. Albatta, ularni xavotir bosgan”, - deydi tahlilchi Mark Simakovskiy.

Prezident Tramp Rossiya bilan yangi shartnoma imzolanishiga umid qilmoqda.

“Rossiya yangi yadroviy bitim bo’yicha qadam tashlashni istaydi. Men ham qarshi emasman”, - deydi u.

BMT bosh kotibi ham bayonot bilan chiqdi.

“Qurol nazorati bo’yicha keyingi choralarni muhokama qilish uchun, Amerika va Rossiyani avvalo Yangi START bitimini uzaytirishga undayman”, - deydi Antonio Guterrish.

Prezident Vladimir Putin 32 yillik shartnomada Rossiyaning ishtirokini to’xtatuvchi qonunga iyulda imzo chekdi. Undan oldin Tramp AQSh bu hujjatga ortiq amal qilmasligini e’lon qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG