Breaking News

Amerikaning yadroviy arsenali eskirib borayapti


Sovuq urush tugaganidan 30 yil o’tib, yadro qurollari va ular vositasida mudofaani ta’minlash masalasi yana diqqat markazida. Pentagon yaqinda o’z rejasini taqdim etdi. AQSh havodan, quruqlikdan va dengizdan uchiriladigan raketalarini yangilashni ko’zlamoqda.

AQSh yadro arsenalining havo, quruqlik va dengizdagi komponentlari kelasi 10 yillikda eskira boshlaydi.

Kongress byudjet idorasi hisobiga ko’ra, modernizatsiya 2026-yilgacha 400 milliard dollarga tushadi. Yadro kallaklari, bombalar va ularni tashuvchi sistemalarni yangilash vaqti kelgan.

“AQShning bu qarori qurol poygasiga yetaklaydi, degan qarashlar bor. Vaholanki, poyga allaqachon boshlanib ketgan va Amerika unda qatnashmayapti”, - deydi tadqiqotchi Mikayla Doj.

Tahlilchilarga ko’ra, Rossiya va Xitoy yadroviy dasturlarini yangilash bobida AQShdan taxminan 20 yil oldinda. Buning ustiga, Shimoliy Koreya va Eron yadro qurolini qo’lga kiritish maqsadidan qaytgani yo’q.

O’zgarib borayotgan xavfga javoban Pentagon AQSh arsenalini kengaytirish taklifi bilan chiqdi. Sovuq urush davrida bo’lgani kabi, kemadan otiladigan yadroviy torpedolarning yangi turi yaratilishi mumkin.

Yana bir taklif kam quvvatli, suv osti kemasidan otiladigan ballistik raketalar ishlab chiqarishni ko’zlaydi. Kam talafot yetkazuvchi kichik atom bombalar soni bo’yicha hozirda ustunlik Rossiya tomonda. Amerika yetishib olishi kerak, deydi ekspertlar.

“Har ikki davlat 10 yil oldingi prinsiplarga qaytishi kerak. Tashqi siyosatda atom qurollari ahamiyatini kamaytirish yo’lidan borayotgan edik. Afsuski, Rossiya bunga ko’nmaydi. Vaqtincha bo’lsa-da agressivroq harakat qilishimiz lozim”, - deydi siyosatshunos Maykl Oxanlon.

2010-yilda Obama ma’muriyatining pozitsiyasi shu ediki, dunyoni yadroviy qurollardan tozalash - oliy maqsad. Ammo AQSh kichik arsenali bilan har qanday xavfni bartaraf etishga qodir bo’ladi. Prezident Tramp esa Qo’shma Shtatlar eng kuchli yadro qurollariga ega bo’lishi kerak, deya bong urmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG