Breaking News
Din

AQSh ilohiyot maktablarida kimlar o'qiydi?


AQSh armiyasidagi musulmon imom
AQSh armiyasidagi musulmon imom

Ilohiyot maktablari nafaqat dinni o’rgatadi yoki talabalarni diniy ishlarga tayyorlaydi, balki jamiyat uchun muhim bo’lgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Turkiyada tug’ilib o’sgan musulmon Abdulloh Antepli Shimoliy Karolinadagi Dyuk universiteti Ilohiyot maktabida dars beradi. Bu yerda, asosan, nasroniylik o’qitiladi.

“Mening vazifam ilohiyot maktabiga kelib nasroniy e’tiqodi va an’anasini chuqur o’rganmoqchi bo’lgan bo’lajak rohiblarni ilhomlantirish. Islom va musulmon aqidasini o’rgatish, nasroniylik va islom o’rtasidagi farq va o’xshashliklarni ta’lim va axborot tarzida berish”, - deydi Antepli.

Bu maktabni bitirganlar qamoqxona yoki armiyada rohiblik qiladi. Jozef Devors 10 yil harbiylar ruhoniysi bo’lgan.

“Yaqinda meni Shimoliy Karolinadagi harbiy maktabga dunyo dinlarini o’qitish uchun qabul qilishdi. Bu ishga tayyorlanish maqsadida armiya akademik malakamni oshrish uchun meni shu yerda bir yil magistratura o’qishga jo’natdi”, - deydi u.

Devors Afg’onistonda ikki marta xizmat qilgan. Turli din vakillari bilan ishlagan.

“Masalan, hindu kelib menga ibodat qilishni xohlashini yoki hindu ruhoniy bilan gaplashishni istashini aytishi mumkin. Mening ishim uni o’zi xohlagan yetakchi bilan bog’lab qo’yish”, - deydi u.

Ba’zan urush paytida rohiblik qilish juda murakkab ish, deydi Devors.

“Haqiqat shuki, biz insonlar dindormiz va insonlar ba’zan urush qilib turadi. Odam o’z mamlakati uchun harbiy xizmat qilishi kerakmi? Bu ruhiy masala. Ayni paytda bizdek ruhoniylarning bo’lishi ham muhim. Biz qo’mondonlar bilan harbiy sifatida qiladigan ishlarining axloqiy oqibatlari haqida gaplashib turamiz”, - deydi Devors.

Imom Anteplining aytishicha, ilohiyot maktablarining Amerika jamiyatidagi roli ko’pchilik o’ylagandan ko’ra kattaroq. Unga ko’ra, diniy erkinlikni targ’ib qiladigan ba’zi insonlar faqat o’z e’tiqodini olg’a suradi.

“Islomofobiyaga qarshi faqat musulmonlar kurashsa, antisemitizm faqat yahudiylar muammosi bo’lsa, gomofobiya muammosi faqat ushbu jamiyatniki bo’lsa, iqrchilik bilan faqat afro-amerikaliklar shug’ullansa, immigratsiyaga nafrat faqat ispanzabonlar muammosi bo’lsa, biz maqsadni yo’qotamiz. Ilohiyot maktablarining roli shuki, ular ma’lum bir toifani targ’ib qilmaydi, balki keng hamkorlik va ittifoqqa chaqirib, nafrat va mutaassiblikning barcha shakllariga qarshi kurashadi”, - deydi Abdulloh Antepli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG