Breaking News

Vashington choyxonasi: AQSh-Rossiya o'rtasida qurol poygasi boshlanyaptimi?


Rossiyaning "Topol M" qit'alararo ballistik raketasi, Moskva, Rossiya, 2017-yil, 9-may
Rossiyaning "Topol M" qit'alararo ballistik raketasi, Moskva, Rossiya, 2017-yil, 9-may

2021-yil AQSh va Rossiya yadro qurollarini cheklab turuvchi "New START" kelishuvi o'z kuchini yo'qotadi. Bitim muddatining uzaytirilishi savol ostida. Ayni paytda AQSh va Rossiya yadro qurollari arsenalini yangilash harakatida ekani aytilmoqda. Dunyo yana qurollanish poygasi ostonasidami?

Shu hafta Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vashingtonda bo’lib, AQSh Prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi. Uchrashuvda AQSh va Rossiya o’rtasidagi mavjud qurol-yarog’ bitimining amal qilish muhlatini uzaytirish asosiy mavzu bo’lgani aytilmoqda.

"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida AQSh va Rossiya o’rtasidagi qurol nazorati bo'yicha mavjud kelishuvning bugungi ahvoli va kelajagi haqida fikr yuritdik.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Yadro qurollari poygasi yana boshlanyaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:25:36 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG