Breaking News

Saylov - 2019: O'zbekistonda ovozlarni sanash boshlandi

03:43 22.12.2019

Farg'onalik bloger, Vodiy24.uz portali muxbiri Usmonjon Qodirov tahlilicha, bugun xalq har qachongidan ham talabchan. Partiyalarga haqiqatdan ham xalq ovozi kerak bo'lsa, deydi u, parlament, viloyat va tuman kengashlariga nomzodlar fuqaro bilan chin dildan muloqot qilib, dardini tinglashi kerak.

03:42 22.12.2019

22-dekabrda O'zbekistonda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar. Toshkentda har kuni partiyalararo debatlar o'tmoqda. 16-dekabrdagi bahsda tarixiy-madaniy meros, turizm va O'zbekiston imiji haqida gap ketdi. Xorijdagi o'zbekistonliklar bu jabhalarda muhim rol o'ynaydi. Ular davlatning yuzi.

03:41 22.12.2019

Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida mahalliy muammolarni yorituvchi Yakkabog'24 kanali asoschisi, bloger Kamil Faxrutdinovga ko'ra, deputatlar xalq xizmatida emas. Mana shu achchiq haqiqat o'zgarishi kerak, deydi u. Bloger huquq bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti tahliliga qo'shilmaydi.

03:38 22.12.2019

Qonunchilar qanday ishlashi kerak? O'zbekistonning hozirgi parlamentining eng zaif jihatlari nimada? Yangisi qanday bo'lishi va bo'lmasligi kerak? Toshkentda saylov oldidan kechgan tadbirda Mirziyoyev ma'muriyati a'zolari va tadbirkorlar qanday javob berdi?

Ko'proq...

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG