Breaking News

Markaziy osiyoliklar AQSh-Eron ziddiyati haqida qanday fikrda?


Qirg’izistonlik ekspert: Markaziy osiyoliklar Eron muammosiga befarq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:11 0:00

AQSh tomonidan Eron generali Qosim Sulaymoniyning o’ldirilishi ortidan kuchaygan AQSh-Eron ziddiyati dunyo hamjamiyati tomonidan xavotir va jiddiy muhokamalar bilan kuzatib borilmoqda. Vashington ushbu qarorini izohlab, o’ldirilgan general amerikaliklarga hujumlar uyushtirishni rejalashtirganini bildirgan. Ammo bunga aniq dalillar keltirilmagan.

Qosim Sulaymoniyning o‘limiga javoban Eron 8-yanvarda AQShning Iroqdagi ikki harbiy bazasiga 10 dan ortiq raketa yog’dirdi.

“Amerikaning Idlibdagi va Iroqdagi boshqa harbiy bazalariga bo’lgan hujum tashqaridan qaraganda go’yo kelishib olingandek bo’ldi. Eron “biz ham harakat qilmasak bo’lmaydi-da, senlar ham bizni tushun”, degandek, qandaydir bir o’rtadagi o’rtakashlar vositasi bilan quruq bazalarga zarba berib qo’yishdi, shu bilan kelishib olishdi, shekilli. Lekin Tramp kattaroq, keskin javob berishi mumkin edi. Ammo bunga AQSh qonunchilari yo’l qo’yishmadi”, - deydi qirg’izistonlik jurnalist, siyosiy sharhlovchi Mahmudjon Qozoqboyev.

Uning fikricha, Rossiya matbuoti voqealarni yoritishda Eron tomonida turgani aniq sezilmoqda.

“Bu voqealar qanday yoritilmoqda? Masalan, Rossiyada bir tomonlama – Eron haq, u o’z kuchini ko’rsata oladi degan shaklda berilmoqda. Lekin biz tomonlarda, Markaziy Osiyoda befarqlik bor, lekin shu bilan birga birovning Eronga ichi og’riyapti degan narsa emas bu. Rossiyani ham tushunish mumkin. Ahli sunnat val jamoadagi qaysiki davlat bo’lsa, sinib ketdi. Endi aylanib [masala] Suriyaga kelganda u yerdagi shialar, Erondagi shialar... bularni qandaydir [Rossiya] o’ziga ittifoqchi bilib olganmi?! Tushunmaysiz... Yoki mana to’g’ridan to’gri Platoshkinlarning (Rus siyosatshunosi) matbuotga bergan xabarlarini, berayotgan da’volari ichida “Ha, ular sunniylar edi... Sunniylar terroristlar edi” deyishgacha boryapti” – deydi u.ғ

Eron hukumati Ukraina yo'lovchi samolyoti xatolik tufayli urib tushirilganini tan olganidan keyin mamlakatning bir necha shaharlarida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishga chiqqan fuqarolar “Rahbarimiz nodon va uyat manbai”, deya hayqirishi, ayrimlar Inqilob posbonlarini malakasizlikda, mamlakatga isnod keltirganlikda ayblayotganlari haqida xabar qilindi. Ammo Qozoqboyevga ko’ra, bu norozilik namoyishlari hukumatga jiddiy ta’sir ko’rsata olmaydi.

“Qaytaga fuqarolarning faollashishi qiyin bo’lib qoladi. Bu mitinglar, meningcha, hech narsa bermaydi. Chunki qanchalik achchiq bo’lsa ham, qanchalik og’riqli bo’lsa ham, Eron hukumati tan oldi va bu narsani urush harakatlari oqibatida sodir bo’lgani to’g’risidagi narsani qanchalik qiyin bo’lmasin aytib qo’ydi va o’zidan soqit qildi”, - deydi u.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG