Breaking News

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O'zbekistonda, C5+1

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O'zbekistonga tashrifi mobaynida o'z mamlakati uchun ustuvor va respublika bilan o'zaro manfaatli hisoblangan qator maqsadlarni olg'a suradi. Xo'sh, ular nimalardan iborat? E'tibor 2018-yilda yangilangan strategik sheriklik kelishuvida. Birinchidan, xavfsizlikni ta'minlash. Ikkinchidan O'zbekiston mustaqilligi va suverenitetini quvvatlash. Uchinchidan, Markaziy Osiyoda iqtisodiy interatsiya va siyosiy birdamlikni targ'ib qilish va bunda O'zbekiston bilan yaqindan ishlash. To'rtinchidan, iqtisodiy hamkorlik. Beshinchidan, ilm-fan va ta'lim bo'yicha yordamni oshirish hamda madaniy aloqalarni kengaytirish.


XS
SM
MD
LG