Breaking News

Koronavirus shimoliy koreyalik qochoqlarga pand bermoqda


Xalqaro hayot - 2020-yil, 13-fevral
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:53 0:00

Koronavirus tufayli transport vositalarining to’xtatilgani Shimoliy Koreyadan ozodlik istab qochib chiqayotganlarning rejasini barbod qilmoqda. So’nggi haftalarda qo’shni Janubiy Koreyaga qochganlar soni keskin kamaygan.

Markaziy Xitoy ko’chalari bo’m-bo’sh. Koronavirus tarqalishiga qarshi jiddiy kurash ketmoqda.

Yo’llar to’silgan, har qadamda yo’lovchilarninig issig’i va hujjatlari majburan tekshirilmoqda.

Natijada o’nlab shimoliy koreyaliklar safarlarini davom ettira olmay, Xitoyda qolib ketmoqda. Chegaraning Shimoliy Koreya tomonida ham nazorat kuchaygani bois ko’pchilik hatto mamlakatdan chiqa olmayapti.

“Shimoliy Koreya qochqinlari soni kamayganini ko’ryapmiz. Nafaqat Xitoydan kesib o’tayotganlar, Shimoliy Koreyadan chiqayotganlar ham”, - deydi shimoliy koreyaliklar faoli Sokil Park.

Qochqinlar eng ko’p ishlatadigan yo’nalish Xitoy, Laos va Tailand orqali Janubiy Koreyaga eltadigan 5000 kilometrlik marshrut.

Xitoyning koronavirus bilan ovoraligi qochoqlarga qo’l keladigandek tuyulsa-da, aslida buning aksi bo’lmoqda.

“Hozirgi vaziyat shimoliy koreyalik qochqinlar foydalanadigan yo’nalishda jiddiy muammolar yaratdi. Chunki har bir qishloq va shaharga kirish-chiqishda tekshirishlar ko’paygan”, - deydi Park.

Xitoy shimoliy koreyaliklarga qochoq maqomini bermaydi. Aksincha, qo’lga tushsa, ularni vataniga qaytarib yuboradi. Ortda ularni dahshatli qiynoq va uzoq yillik qamoq kutadi.

Ju Chan-yan 2011-yil qochayotgan payt Xitoyda qo’lga tushgan. Hozir u Seulda talaba.

“Fuqaro kiyimidagi politsiya yashab turgan joyimizga bostirib kirdi. Meni Shimoliy Koreyaga jo’natishsa kerak, deb o’yladim. Lekin boshqa mashinaga olib borishdi. Mening chiqib ketishim uchun ota-onam ular so’ragan hamma pulni berdi”, - deya eslaydi u.

Ju ham Shimoliy Koreyadan qochishda Janubi-sharqiy Osiyo yo’nalishidan foydalangan.

“Shimoliy Koreyada daryoni kechib o’tishga uringan har bir odamni otishga buyurishgan. Qochayotganlar ham, ularga yordam berayotganlar ham o’z hayotini xavf ostiga qo’yadi”, - deydi Ju.

Janubiy Koreya rasmiy statistikasiga ko’ra, 2019-yil mingdan ortiq odam janubga qochib o’tgan. Bu so’nggi 18 yildagi eng quyi raqam.

Virus epidemiyasining qancha davom etishiga qarab, bu miqdor yanada kamayishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG