Breaking News

Oq uyda jurnalistlar ham tibbiy ko'rikdan o'tib turibdi


Oq uy matbuot markazida, Vashington
Oq uy matbuot markazida, Vashington

Joriy haftada Oq uyda nafaqat har bir xodim, balki u yerdan axborot uzatadigan jurnalistlar ham muntazam tibbiy ko'rikdan o'tib turibdi.

Prezident idorasi va rezidensiyasiga kirayotgan har bir shaxsning tana harorati eshik oldida o'lchanadi. Tekshiruvni Oq uy tibbiy markazi olib bormoqda.

Oq uy Muxbirlar uyushmasi jurnalistlarni bir-biridan masofa saqlashga undamoqda. Buning natijasida kundalik matbuot brifinglarida muxbirlar soni kamaygan. Kameralar turibdi, audio yozuvlar olinmoqda va jurnalistlar faqatgina savol berish uchun kirib chiqmoqda. Matbuot xodimlari uchun ajratilgan kursilarning orasida masofa uzoqlashtirilgan.

Oq uy: Prezident Tramp jurnalistlar oldida
Oq uy: Prezident Tramp jurnalistlar oldida

Shuningdek, Oq uydab axborot uzatish uchun ro'yxatdan o'tgan OAVlardan har doimgidan ham ko'proq hamkorlik qilish so'ralmoqda. Masalan, tasvir va audiolarni baham ko'rish va zarur bo'lsa, savol-javobni ham bir-biri uchun qilish.

"Amerika Ovozi" masalan "PBS" telekanali bilan shunday hamkorlik qilmoqda, ya'ni har ikki teleradio uchun bir paytda bir muxbir.

"NBC", "FOX", "ABC" va "CNN" eng oldingi qatorda, orqada esa "CBS", "AP" va "Reuters" o'tiradi.

Matbuot markazida bir paytning o'zida 25 nafardan ortiq odam bo'lmaydi va hech kim turmaydi, ya'ni o'tirish shart.

Jurnalistlar oldiga ham gala-gala bo'lib chiqmaslik muhokamada, ya'ni bir paytning o'zida 2-3 odam minbarda turadi, bir-biridan uzoqda.

Oq uy Fotograflar uyushmasi ham suratkash-muxbirlar sonini vaqtincha qisqartirib, OAVlardan tasvirlarni bo'lishishni so'ramoqda.

Oq uy xodimlari, shuningdek, u yerdan turib axborot uzatadigan jurnalistlar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda
Oq uy xodimlari, shuningdek, u yerdan turib axborot uzatadigan jurnalistlar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG