Breaking News

Tramp: Koronavirus va bozordagi tushkunlik o'tkinchi


Oq uy, 9-mart, 2020
Oq uy, 9-mart, 2020

Prezident Donald Tramp fikricha Amerika xalqi moliyaviy inqiroz bo’ladi yoki koronavirus mamlakatni qamrab oladi deya vahimaga tushmasligi kerak. Oq uy bu muammolarga qarshi chora ko’rmoqda va zarar matbuot bong urayotganidek yuqori bo’lmaydi, deydi Tramp.

AQSh qimmatbaho qog’ozlar bozorida narxlar tushganda tushgan. Salbiy ko’rsatkichlar, tobora past raqamlar bozordagi kayfiyatga va mamlakat bo’ylab iqtisodga ta’sir ko’rsatmoqda.

"Ulkan zarar ko’rilmoqda. Ikki kun ichida yaqin o’tmishda ko’rmagan pasayishga guvoh bo’ldik. 2008-yildagi moliyaviy inqirozni eslatib yubordi. 1987-yilda ham shunday bo’lgan edi. Vahima asosli chunki zarar juda katta”, - deydi birjalarni kuzatayotgan moliyaviy tahlilchi Nil Uilson.

Bir tomondan koronavirus tahdidi, ikkinchi tomonda esa qora oltin bahosi birdaniga tushib ketganidan vujudga kelgan beqarorlik. Rossiya neft ishlab chiqarishni kamaytirmoqchi emas.

Koronavirusni AQShda 1000 ga yaqin odam yuqtirgan, kamida 30 nafari kasallikdan vafot etgan
Koronavirusni AQShda 1000 ga yaqin odam yuqtirgan, kamida 30 nafari kasallikdan vafot etgan

Oy uy mojaroda Saudiya Arabistoni va Rossiyani ayblamoqda. Neft urushi, deydi Tramp. Xaridorga yaxshi, deydi u.

"Biz zarur choralarni ko’rayapmiz, media aldayapti", deydi u.

Tramp har doimgidek ommaviy axborot vositalarini soxta xabarlarda ayblamoqda. Koronavirusni u grippga tenglashtirmoqda. Hayotni to’xtatmang, deydi prezident, kasallik o’tkinchi.

"Prezident nima deyayotganini tushunish qiyin. Xalq o’z salomatligidan xavotirda ekan, ularga vahima asossiz deyishning o’zi yetmaydi. Bu qo’rqinchni oshiradi”.

Oq uy koronavirusning iqtisodiy zararini ko’rib chiqmoqda. Bizneslarga soliq imtiyozlari berish, tibbiy imtiyozlar, kichik bizneslarga kreditlar ajratish muhokamada.

"Aviakompaniyalar bilan gaplashayapmiz. Dengiz va okean turizm sanoati bilan ham muloqotdamiz. Hammasiga yordam beramiz. Hammani quvvatlaymiz. Odamlar sayohat qilishdan to’xtab qolmasligi kerak. Turizm sohasidagi qiyinchiliklar e’tiborimizda”, - deydi prezident.

Koronavirus ayni damda AQShning aksariyat shtatlarida aniqlangan. Bemorlar va jon berayotganlar soni kun sayin oshib bormoqda. Oq uy odamlarni bosiqlikka qanchalik undamasin, amerikaliklar vaziyatga qarab qaror qilmoqda.

Koronavirusni AQShda 1000 ga yaqin odam yuqtirgan, kamida 30 nafari kasallikdan vafot etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG