Breaking News

Xalqaro hamjamiyat koronavirusning iqtisodiy zarariga qarshi kurashmoqda


Koronavirusga qarshi iqtisodiy kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Dunyo bo’ylab 100 mingga yaqin odamga yuqqan va 3000 dan ortiq inson hayotiga zomin bo’lgan koronavirus global iqtisodiyotga ham tahdid solmoqda. AQSh va boshqa ko’plab mamlakatlar epidemiyaning zararini kamaytirishga urinmoqda.

Dunyo bo’ylab aksiya bozorlarida narxlar tushib bormoqda.

AQSh Markaziy banki iqtisodiyotga virusning ta’sirini kamaytirish uchun foiz stavkasini pasaytirdi.

“Foiznig tushirilishi kasallanish darajasini kamaytirmasligini bilamiz. Uzilgan ta’minot zanjirini ham tiklay olmaydi. Bizda hamma savollarning javobi bor, deb ayta olmaymiz”, - dedi Markaziy bank raisi Jerom Pauel.

2008-yilgi moliyaviy inqiroz davridan beri Markaziy bank ilk bor favqulodda chora sifatida stavkani kamaytirdi.

Virus ba’zi sohalarga allaqachon katta zarar yetkazmoqda.

“Koronavirus savdo ko’rgazmalarini barbod qilmoqda. Butun dunyo bo’ylab belgilangan tadbirlar bekor qilinyapti. Bu bizneslarga ikki tomonlama zarba bo’ladi. Turizm va sayohat boy beriladi”, - deydi Loyola universiteti tadqiqotchisi Set Grin.

Chikagoda Xalqaro uy jihozlari assotsiatsiyasi mart o’rtasiga rejalangan ko’rgazmani bekor qildi. Unda 130 davlatdan 50 mingdan ortiq odam qatnashishi kutilayotgan edi.

“Ko’plab odamlar boraymi, bormaymi deb o’ylanib turgan edi. Unda dunyoning ko’plab davlatlaridan vakillar qatnashadi”, - deydi assotsiatsiya vakili Lina Salama.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe mamlakat iqtisodiyotini himoya qilishga so’z berdi.

“Yaponiya iqtisodiyotiga bo’layotgan katta tahdidning oldini olish uchun kerakli choralarni ko’ramiz”, - dedi u.

Abe maktablarni yopish haqida ham buyruq berdi. Ta’lim muassasalari kamida aprel boshigacha yopiq bo’lishi aytilmoqda.

“Muammolar ko’p bo’ladi. Agar boshlang’ich sinf o’quvchilari uyda o’tirsa, ularning ota-onalari ham ishlamasligiga to’g’ri keladi”, - deydi bosh vazir.

Yaponiyadagi favqulodda vaziyatga qaramay, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Tokiodagi yozgi o’yinlar o’z vaqtida bo’lishini bildirdi.

Neft sanoati ham katta yo’qotishga uchramoqda.

OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar vazirlari 3-mart kuni Venada neft ishlab chiqarishni kamaytirish masalasini muhokama qildi.

“Koronavirus ortidan bozorda mahsulot keragidan ortib ketdi. Muvozanatni ta’minlash uchun OPEK a’zolari va a’zo bo’lmaganlar nimadir qilishi kerak”, - dedi Eron Neft vaziri Bijan Namdar Zangina.

Mutaxassislarning aytishicha, bugun iqtisodiyotning hech bir sohasi koronavirusning salbiy ta’siridan xoli emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG