Breaking News

COVID-19: Vaksina qachon tayyor bo'ladi?


AQShning mashhur “Johnson & Johnson” farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani joriy yil sentabrida sinovdan o’tkazishni boshlaydi. Kompaniya vaksina 2021-yil boshida emlash uchun tayyor bo’lishini ma’lum qildi.

Vaksinani ishlab chiqarish uchun kompaniya AQSh Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birga 1 milliard dollar pul ajratgan. Sinov muvaffaqiyatli o’tsa, kompaniya 1 milliard dona vaksina ishlab chiqarishni rejalagan.

Kompaniya rahbarlaridan Aleks Gorskining bildirishicha, tadqiqotlarga tayanib, vaksinaning sinovdan a’lo darajada o’tishidan umid qilish mumkin.

“Vaksinamiz bilan COVID-19 virusini yengishga da’vogarlik qila olamiz. Qisqa fursatda yetarlicha vaksina ishlab chiqarishga qodir texnologiyaga egamiz”, - deydi u.

Gorskiga ko’ra, kompaniya 2021-yil o’rtalariga qadar bir necha yuz million, kelasi yil so’nggiga qadar esa 1 milliard quti vaksina ishlab chiqarishga muvaffaq bo’ladi.

“Johnson & Johnson” vaksinadan foyda ko’rishni rejalamayotganini ma’lum qilgan. Biroq uning narxi qancha bo’lishiga oydinlik kiritmagan. Kompaniyaning aksiyalari qiymati hafta boshidani ko’tarila boshlagan.

Mamlakatda “Moderna” kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksina sinovini boshlab yuborgan. Sog’liqni saqlash vazirligi vasksinaning tez va samarali yaratilishi yo’lida ikki kompaniya bilan ham hamkorlik qilayotganini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG