Breaking News

Koronavirus: Los-Anjelesda hayot qanday?


Los-Anjeles: koronavirus davridagi hayot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida koronavirusga chalingan yuzlab bemorlar aniqlandi. Tekshiriladigan odamlar soni ortib borar ekan, kasallar yanada ko’payishi kutilmoqda. Shtat bo’ylab restoran va kinoteatr kabi bizneslar yopilgan. Virus tarqalishi sekinlashguncha aholi uyda o’tirishga buyurilgan.

Gollivud bulvaridagi manzara hech qachon bunday bo’lmagan.

Ko’chada odam kam, restoranlardan odatdagi musiqa sadolari eshitilmaydi. Kinoeatrlar yopiq, plyajga borish cheklangan.

Xuana farrosh bo’lib ishlaydi va ishga chiqishga majbur. U kuchli tozalovchi vositalar va qo’lqop bilan qurollangan.

“Dezinfeksiya ishlari bilan bandman”, - deydi u.

Taksilar bo’m-bo’sh. Haydovchilarning aytishicha, avtomobillar pandemiyaga qarshi yetarli darajada tayyorlangan bo’lsa-da, yo’lovchilar juda kam.

“Antiseptik vosita va ho’l salfetkalar bor. Bu esa yelim xalta. Hamma narsa bor”, - deydi haydovchilardan biri.

Haydovchilar virusga qarshi barcha himoya vositalariga ega, ammo mijozlardan darak yo’q.

“Ertalabdan beri bir tiyin ham ishlamadim. Ikkita farzandim bor, bittasi universitetda o’qiydi. Nima qilishga ham hayronman. Juda qiyin bo’lyapti”, - deydi taksi haydovchisi Jandan Saga.

Ko’cha masshog’i Rudining gitarada chalayotgan musiqasini tinglaydiganlar ham kam.

“Santa Monika xiyobonida chalardim. U yerni yopib qo’yishdi. Endi boshqa joy qidiryapman”, - deydi u.

Santa Monika Kaliforniyadagi eng mashur va sayyohlarni eng ko’p jalb qiluvchi maskanlardan biri. Hozir u yopiq va bo’m-bo’sh. Faqat bir politsiya mashinasi turibdi.

Plyajlar ham bo’sh, hatto mashhur “Universal Studios” parki ham yopilgan. Barcha sayyohlik dasturlari bekor qilingan, faqat asosiy ko’cha ochiq; lekin bu yerda sayyohlar emas, mahalliy aholi qisqa muddat sayr qilmoqda.

“Uydan ishlayapman, lekin faqat men. Oziq-ovqat olish ham qiyinlashdi”, - deydi Jessika ismli ayol.

“Hozi qiyin. Har xil cheklovlar qo’yib tashlashdi. Bu hayotni yanada qiyinlashtirdi”, - deydi Minu ismli yigit.

Oziq-ovqat do’konlari odamlar gavjum sanoqli maskanlardan biri. “Costco” va “Trader Joe’s” do’konlari oldida mart o’rtalaridan boshlab uzun navbat hosil bo’lgan.

“9 da kelgandim, navbat juda uzun bo’lgani uchun qaytib ketdim”, - deydi Diana ismli xaridor.

Ishchilar xarid aravachalarini muntazam tozalab turibdi. Kassirlar har doim qo’lqop kiyishi majburiy. Ba’zi mahsulotlar oilalarga cheklangan miqdorda sotilmoqda. Mamlakatda oziq-ovqat taqchilligi yo’q, ammo odamlar keragidan ortiq sotib olayotgani bois xodimlar peshtaxtalarni to’ldirishga ulgurmayapti.

Vahima qilishga hojat yo’q; mas’uliyat bilan ish tutish va iste’mol qilish kerak, deydi do’kon boshqaruvchilari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG