Breaking News

"Orzular markazi" muhtojlarga oziq-ovqat ulashmoqda


Muhtojlarga oziq-ovqat ulashayotgan markaz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

Inqiroz davrida, odatda, jamiyatning eng himoyasiz a'zolari kambag'allar, kasallar va qariyalar hisoblanadi. Bunday vaziyatda, ko'pincha, nodavlat xayriya tashkilotlari va g'amxo'r faollar ularning joniga oro kiradi. “Orzular markazi” koronavirus tufayli qiyinchilikka yuz tutgan oilalarga oziq-ovqat ulashmoqda.

Odatda tinch bo’ladigan bu ko'chaning burchagida hozir ehson qilingan taomlarni olib kelgan mashinalar turibdi.

Bularning barchasi poytaxt Vashington janubi-sharqida joylashgan “Orzular markazi" uchun. Tashkilot jamiyatning eng muhtoj a'zolariga bepul oziq-ovqat tarqatadi.

Ertalabdan ovqat uchun navbat boshlanadi.

"Men endi ishlamayapman, shuning uchun ovqatlanish uchun bu yerga keldim", - deydi Margaret ismli ayol.

"Ovqatlanish masalasida ko’p qiynalaman, chunki besh bolali yolg’iz onaman va imkoniyatim juda cheklangan. Shuning uchun bu joy men va oilam uchun juda foydali”, - deydi Temmi ismli yana bir ayol.

Markaz ijrochi direktori Ernest Kloverning aytishicha, tashkilot binosi yangi maqsad uchun moslashtirildi.

“16 martda maktablar yopilishini bilganimizdan keyin kuniga 100 kishilik ovqat tarqatiladigan oshxonamizni ochdik. Hozir kuniga 200 dan ortiq ovqat tayyorlayapmiz”, - deydi u.

Markaz gigiyena vositalari va tez buzilmaydigan yegulik mahsulotlarini ham taqdim etadi.

Ammo asosiy e’tibor oziq-ovqatga qaratilgan.

Xayr-ehsonlarning ko'pi mehmonxona kabi bizneslardan kelib tushdi.

Masalan, Virjiniyaning Rosslin shahridagi “Holiday Inn” mehmonxonasi to'rtta sovutgichga sig’adigan oziq-ovqat, sabzavot va muzlatilgan go'sht hadya qildi.

Mehmonxona bosh menejeri yordamchisi Patrik Olbritn o'z cherkovi orqali bu markazni yaxshi taniydi.

"Ikki hafta oldin o’yladim. “Yopilyapmiz, shuncha ovqat bor, ularni nima qilsak bo’ladi”, deb. Shunday qilib, biz “Orzular markazi”ni tonnalab oziq-ovqat bilan ta'minladik. Ernest va ko'ngillilarning qilayotgan ishlari juda ajoyib”, - deydi u.

Xayriya qilingan narsalar to'g'ridan-to'g'ri odamlarga tarqatiladi. Ko’ngillilar tomonidan oshxonalarda tayyor ovqat holiga keltirilib ham tarqatiladi.

Inqirozlar paytida oziq-ovqat tarqatishga ixtisoslashgan “Dunyo markaziy oshxonasi”dan ham ehsonlar keldi.

"Bu xayr-ehsonlarsiz ovqatlanmaydigan odamlar juda ko'p bo'lishi mumkin edi, gigiyena vositalariga ega bo’lmaganlar ham. Yashash uchun imkoniyati yo’q odamlar ko’payib ketgan bo’lar edi. Agar o’z mahallamizga yordam bermasak, kim yordam beradi? Muhtojlar ehtiyojini qondirish uchun mas’ulmiz”, - deydi Ernest Klover.

“Biz “Orzular markazi”ni yaxshi ko'ramiz. Shu mahallada yashayotganimiz uchun Xudog shukr qilamiz", - deydi mijozlardan biri.

Markaz mart oyida o'z dasturini boshlagandan beri 5000 dan ortiq taom tarqatildi. Maqsad imkon qadar jamiyatga yordam berish.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG