Senat O'zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida kuzatuvchi bo'lishini ma'qulladi.
11-may kuni jonli efirga uzatilgan yalpi majlisda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo’chqorov deydiki, Yevrosiyo ittifoqiga kirish mamlakat uchun foydali qadam.
Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Ilhom Ne’matov ham Senatdagi chiqishida ittifoqqa qo’shilish mamlakat tashqi siyosati, mustaqilligiga daxl qilmasligi, shuningdek, O’zbekistonning Jahon savdo tashkiloti a’zoligiga intilishiga ham biror salbiy ta’sir ko’rsatmasligiga ishonishini aytdi.
O’zbekiston bu maqomda uzoq yillar qolishi mumkin. Yevrosiyo ittifoqiga kuzatuvchi sifatida qo’shilish shartlari, kuzatuvchi maqomining muddati haqida senatorlar ko’targan savolga Vazirlar Mahkamasi vakili Komiljon Rashidov xalqaro tashkilotlarda o'nlab yillar davomida kuzatuvchi sifatida o'tirish xalqaro maydonda normal hol, deya javob bergan.
Senat raisi Tanzilla Norboyeva davlatning har qanday qarori odamlar hayotini yengillashtirish maqsadida qabul qilinishi lozim, deya eslatgan.
Qaror bir ovozdan tasdiqlanmagan: 100 senatordan 16 nafari qarshi ovoz bergan.
Jonli efirda senatorlarning mulohazalari qanday asoslarga egaligi muhokama qilinmadi.
Facebook Forum