Breaking News

Afg'on qizlar: Tolibon ayollarga nisbatan yangicha siyosat yurgizsa, xavotirga o'rin yo'q


Afg’onistonda xotin-qizlar barcha sohalarda o’qimoqda, ishlamoqda. Grafik va veb-dizayi bo’yicha o’qigan, ijod qilgan opa-singillar Nilufar va Nargiz Ahmadiylar bilan suhbatlashamiz.

Abdulbasir Ilg’or: Avvalambor suhbat uchun tashakkur, o’zingizni qisqacha tanishtirsangiz!

Nilufar Ahmadiy: Nilufar Ahmadiyman. Hirot universitetining Tibbiyot fakultetida o’qiyman. Yangi texnologiya bo’yicha to’rt yil tahsil oldim. Oilam tibbiyotda o’qishimni xohlar edi. Lekin men axborot texnologiyasi sohasiga qiziqaman. Ikki yil grafik dizayni va yana ikki yil veb-dizayn bo’yicha o’qidim. Ham ota-onam, ham o’zim yoqtirgan yo’nalishni egalladim.

- Texnologiya sohasida ham tahsil olishingizga nima sabab bo’lgan?

Nilufar Ahmadiy: Shaxsan o’zim qiziqqanman. Afg’onistondagi janglar mamlakatda axborot texnologiya sohasi taraqqiyotiga katta zarba bergan. Ushbu sohada o’qib, mamlakat modernizatsiyasiga hissa qo’shgim keldi. Kelajakda, shu yo’nalishda o’qishni xohlayotgan xotin-qizlarga yordam berishni istayman. Mamlakat taraqqiyoti uchun birgalikda ishlashni orzu qilaman.

- Internet orqali boshqa davlat yoshlari bilan suhbatlashgan bo’lsangiz, ular Afg’oniston haqida, bu mamlakat xotin-qizlari haqida nima deb o’ylaydi?

Nilufar Ahmadiy: Ha, boshqa davlat ahli bilan gaplashganman. Ular Afg’onsiston terrorchilar mamlakati, bu yer odamlari terrorchi, deb o’ylaydi. Afg’oniston terroristlar mamlakati emas. Terroristlar zulmi ostida qolgan mamlakatdir. Bu Afg’onistondagi ta’lim va tahsil jarayoniga salbiy ta’sir qilmoqda. Lekin aholi o’qish tarafdori. Qizlarning tahsil olishini istaydi. Muvaffqiyatga erishish har birimizning orzuimizdir.

- Tolibon bilan muzokaralar shu kunlardagi dolzarb mavzulardan biridir. Tolibonning hokimiyatga qaytishi ehtimoli siz kabi yoshlarni xavotirga solmaydimi?

Nilufar Ahmadiy: Agar Tolibon eski siyosati bilan qaytsa, tashvishga tushishga sabab bor. Chunki, ular qizlarning tahsil olishini istamaydi. Qizlar toliblar davrida ijtimoiy-siyosiy hayotga qo’shila olmas edi. Agar toliblar o’zgargan bo’lsa, barchaga birday huquq bersa, tashvishga o’rin yo’q.

- Afg’on xotin-qizlarining kelajagi haqida qanday fikrdasiz?

Nilufar Ahmadiy: Agar xotin-qizlarga imkon berilsa, ular katta ishlarga qodir. Qobiliyatlarini isbotlay oladi. Erkaklar bilan yonma-yon turib, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo’shadi.

Afg'onistonlik veb va grafik dizaynchi qizlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:52 0:00

Abdulbasir Ilg’or: Yana bir suhbatdoshimiz Nargis Ahmadiydir. O’z haqingizda aytib bersangiz.

Nargis Ahmadiy: Men Nargis Ahmadiy, Hirot viloyati universitetining Agronomiya fakultetida o’qiyman. To’rt yil davomida grafik dizayn va veb dizayn bo’yicha o’qidim. Afg’oniston qishloq xo’jaligiga asoslangan. Axborot texnologiyasini rivojlanishtirishga ehtiyoji bor. Men o’lka taraqqiyotiga hissa qo’shishni xohlayman.

- Sizni bu sohaga o’qishingizga kimlar turki bo’lgan?

Nargis Ahmadiy: Afg’onistonda qizlar qobiliyatiga ishonqaramay qarashadi. Meni qo’llab-quvvatlaydigan oilada tug’ilganimdan xursandman. Do’slarim ham turki berib turadi.

- Kompyuter texnologiyalari bo’yicha tahsil olayotgan qizlar juda oz. Sizningcha bunga sabab nima?

Nargis Ahmadiy: Afg’onistonda texnologiya sohasida tahsil olish faqat erkaklar ishi degan qarash bor. Lekin bunday emas. Internet va texnologiya hamma uchun muhim. Biz karantinda o’tirar ekanmiz, uydan turib ishlashimiz ham mumkin, ham qulay.

- Afg’onistonda xotin-qizlar bo’yicha 2001-yildan keyin erishilgan yutuqlarni qanday qilib saqlab qolish mumkin?

Nargis Ahmadiy: 2001-yildan keyin ham Afg’onistonda xotin-qizlar faoliyati qoniqarli darajada emas edi. Lekin xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlasa, korrupsiyaga qarshi kurashilsa, ayollar faolligi oshadi.

- Sizni ko’rib turgan yoshlar, xususan xotin-qizlarga nima degan bo’lardingiz?

Nargis Ahmadiy: Kelajagi haqida qayg’uradigan yoshlarga shuni aytamanki, orzuingizni maqsadga aylantiring!

- Nargis va Nilufar, suhbat uchun tashakkur!

Nargis va Nilufar: Sizga ham rahmat!

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG