Breaking News

Bayden: Tramp pandemiyaga qarshi kurashni eplay olmadi


Koronavirus bo'yicha Bayden-Tramp munozarasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00

AQShning bir necha shtatlarida koronavirusga chalinganlar soni yana oshib borar ekan, prezidentlik uchun demokratlar nomzodi Jo Bayden Prezident Donald Trampning pandemiyaga qarshi yetarli darajada kurashmayotganini “qariyb jinoiy faoliyat”ga tenglashtirdi.

Trampning niqob taqmasligi, jamoat sog’ligi bo’yicha keskin cheklovlar joriy qilmagani va xavf tugamagan bir paytda iqtisodiyotni qayta ochayotgani Baydenning keskin tanqidlariga duchor bo’lmoqda.

“Federal hukumat yetakchilik rolidan voz kechdi. Kamida Oq uy shunday qildi”, - dedi Jo Bayden.

Sobiq vitse-prezident Obama ma’muriyati davrida Ebolaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U koronavirusni bartaraf qilishda federal hukumat rolini kuchaytirish tarafdori.

AQSh bo’ylab ikki milliondan ortiq odam virusga chalindi, 20 milliondan ko’p amerikalik ishini yo’qotdi.

Bayden rejasiga ko’ra, hukumat aholini bepul tibbiy tekshiruv, muolaja va vaksina bilan ta’minlashi kerak.

Shuningdek, u kasallik ta’tili va ishsizlik nafaqasini barchaga, xususan, hujjatsiz muhojirlarga ham berish tarafdori.

“Vijdoni bor odamlar bu dasturlarni yoqlaydi, chunki jamoaviy yaxshilik qilish orqali hammani virusdan himoya qilishimiz kerak”, - dedi Bayden kampaniyasi vakili Ezekiel Emanuel.

Qarshilar fikricha, bu choralar katta xarajatni talab etib, iqtisodiy oyoqqa turish yo’liga g’ov bo’ladi. Demokratlarning maqsadi, deydi ular, pandemiyadan foydalanib, sog’liqni saqlash va ishsizlik nafaqasi bo’yicha davlat dasturlarini doimiy kengaytirib olish.

“Faqat yordamga eng muhtoj odamlargagina ko’mak ko’rsatib, hayotimizning barcha jabhalariga Vashingtonning aralashishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak”, - deydi Xeriteyj jamg’armasi mutaxassisi Rob Bluey.

Shu yilgi prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari Trampning iqtisodiyotni qayta izga tushirish va Baydenning, avvalo, ishga qaytish sharoitlarini xavfsiz qilish takliflari to’qnashishi kutilmoqda. Ulardan qay birini tanlash saylovchilar ixtiyoriga havola qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG