Breaking News

AQSh COVID-19 ga qarshi kurashda Markaziy Osiyoga qanchalik yordam ko’rsatdi?


AQSh pandemiya boshlanganidan beri koronavirusga qarshi kurash uchun 12,5 milliard dollar ajratgan. Bunda nafaqat kasallikni aniqlash va davolash, balki vaksina ishlab chiqish, virusga qarshi kurashda xorijiy mamlakatlarga yordam berish ham inobatga olingan.

AQSh hukumati Markaziy Osiyo respublikalariga ham moliyaviy ko’mak berib kelmoqda. Mablag‘ test o‘tkazish uchun laboratoriyalarni jihozlash, kasallikni aniqlash va davolash tizimini yaxshilash, koronavirus ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish, shuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyaga qarshi turishga sarflanishi ko’zda tutilgan.

Mintaqaga ajratilgan mablag’ni alohida davlatlar kesimida olganda, raqamlar quyidagicha:

Qozog’iston: Koronavirusga qarshi kurashish uchun 3,1 million dollar yordam berilgan. Oxirgi 20 yil ichida mamlakatga 2 milliard dollardan oshiq miqdorda ko’mak ko’rsatilgan. Shuning 86 millioni aynan sog’liqni saqlash tizimi uchun.

Qirg’iziston: Koronavirusga qarshi kurashish uchun 900 000 dollar, oxirgi 20 yil ichida esa qariyb 1,2 milliard dollar ko’mak ko’rsatilgan. Shuning 120 millioni sog’liqni saqlash yo’nalishida.

Koronavirus issiq haroratga chidamsizmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:28 0:00

Tojikiston: Koronavirusni yengish uchun 866 000 dollar ko’mak olgan. Oxirgi 20 yilda ko’rsatilgan yordam 1 milliard dollardan oshadi. Shuning 125 millioni tibbiyot sohasi uchun.

Turkmaniston: Pandemiyaga qarshi choralar ko’rish uchun 920 000 dollar ajratilgan. Oxirgi 20 yil respublika taraqqiyoti uchun 207 million dollar sarflangan - 21 millioni sog’liqni saqlash tizimi uchun.

O’zbekiston: Koronavirusga qarshi kurashish uchun AQShdan 3,9 million dollar yordam olgan. O’tgan 20 yilda berilgan ko’mak hajmi 1 milliard dollardan oshadi. 122 million dollar aholi salomatligi uchun.

Virus mutatsiyasi xavflimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:09 0:00

AQShdan virusga qarshi kurashda yordam olgan mamlalakatlar 120 dan oshiq.

Shu kungacha Markaziy Osiyoda (Turkmanistondan tashqari) 64 27 ming virus bilan kasallangan kishi aniqlandi, 362 nafari vafot etgan.

Turkmaniston hukumatiga ko'ra, mamlakatda shu paytgacha bironta odam virusga chalinmagan. Xalqaro hamjamiyat bunga ishonmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG