Breaking News

Tub aholi salomatligiga dunyo bo'ylab e'tibor past


Boliyadagi manzara
Boliyadagi manzara

BMT ogohlantirishicha, COVID-19 sabab dunyo bo'ylab qabilaviy tuzumga asoslangan jamoalarning hayoti tahdid ostida. Bu insonlar salomatligi va ravnaqi boshqa fuqarolarniki singari birlamchi o'ringa chiqishi kerak, deydi BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish.

476 million odam olis hududlardagi qabilalarda istiqomat qiladi. Ular turmush tarzi jihatidan asosiy aholidan ajralib qolgan. Lekin koronavirus u yerlarga ham yetib borgan va oldindan chora ko'rilmagani bois vaziyat tahlikali.

Shundoq ham kamsitilib, taraqqiyot va e'tibordan uzoqda bo'lgan tub aholi pandemiyaga qarshi bir o'zi kurasha olmaydi. Tibbiy maskanlar yetishmaydi, dori-darmon tanqis, qolaversa ichimlik suvi va sanitariya bilan bog'liq ahvol ham talabga javob berdi.

“Tub aholi asosan hunarmandchilik va dehqonchilik qilib kun ko'radi. Ularning iqtisodiy-ijtimoiy holati azaldan nochor", - deydi Guterrish.

"Lekin koronavirus ularni ham ayamayapti. Kasallanganlardan tashqari tirikchilikka ham ulkan putur yetgan, chunki bozorlar yopilgan. Qabilalarda ayollar muhim rol o'ynaydi, chunki mahsulotlarini sotadi. Biroq hozirgi sharoitda ular juda qiynalmoqda".

Amazon daryosi, Peru
Amazon daryosi, Peru

Amerika qit'asida tub aholining 70 mingdan ziyodi bevosita zarar ko'rgan. Amazon daryosi bo'yida yashaydiganlarning 23 minggi kasallangan. 1000 odam o'lgan.

Iqtisodiy vaziyat og'irlashganida ekologiyaga ahamiyat pasayadi. Qabilaviy hududlarga jinoiy guruhlarnng tahdidi oshgan, noqonuniy qazish va kesish ishlari keng tus olgan. Tub aholi vakillari azoblanmoqda, turli guruhlarning zulmidan jon bermoqda", - deydi BMT Bosh kotibi.

Hukumatlar bunday hududlar va ularning tub aholisi himoyasi uchun barcha zarur choralar ko'rishi shart, deydi Guterrish. Qabilalar o'zini boshqarish va o'z taqdirini o'zi hal etish erkinligiga ega bo'lmog'i lozim. Xalqaro qonunlar buni kafolatlaydi. Chunki yer yuzidagi har bir inson singari tuh aholi a'zolari ham teng huquqli odamlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG