Breaking News

AQSh-Xitoy mojarosi global kompaniyalarni cho'chitmoqda


TikTok: AQSh-Xitoy mojarosi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Video ulashishga mo’ljallangan “TikTok” ijtimoiy tarmog’i yuzasidan AQSh va Xitoy o’rtasida yuz bergan ziddiyat texnologiya olamini xavotirga solmoqda. Bu mojaro global kompaniyalarga qanday ta’sir qiladi?

“TikTok” ilovasining taqdiri ustida Xitoy va AQSh tortishuvi bir necha oydan beri davom etmoqda. Bu orada Vashington Xitoyning gigant “Huawei” kompaniyasiga cheklovlar qo’ydi. Shu oy boshqa kompaniyalarga ham “Huawei”ga kompyuter chiplarini sotish taqiqlandi.

Dunyo bo’ylab texnologiya bizneslari AQSh-Xitoy mojarosini yaqindan kuzatmoqda. Chunki bu ziddiyatning ta’siri ularga ham yetib borishi mumkin, deydi Axborot texnologiyalari va innovatsiya jamg’armasi rahbari Rob Atkinson.

Atkinson “TikTok” maslahat kengashi a’zosi. Unga ko’ra, agar Vashington kompaniyalarni shu tarzda jazolashda davom etsa, ko’plab bizneslar AQShni tark etishi mumkin.​

“Natijada xorijiy kompaniyalar AQShga kirib kelishdan cho’chiydi, chunki risk katta”, - deydi u.

AQSh bir necha o’n yillardan beri Xitoyni proteksionist siyosat yuritishda ayblaydi. Endi Vashington ba’zi Xitoy kompaniyalarini Amerikadan haydash yo’liga o’tmoqda. Shimoliy Kaliforniya Osiyo jamiyati tadqiqotchisi Xezer Evansga ko’ra, bundan ajablanayotganlar ko’p.

“Amerika bunday nazorat yoki millatchilikdan xoli davlat edi. Bundan buyon Amerika iqtisodiyotiga kirib kelishni xohlaydigan xalqaro kompaniyalar uchun to’siqlar ko’proq bo’lishini ko’rishimiz mumkin”, - deydi u.

Stenford universiteti eksperti Endryu Grotto fikricha, AQSh Xitoy kompaniyalarining tas’irini cheklash bilan birga, tadqiqotlar uchun sarmoyani oshirishi kerak. Chunki texnologiya olamida AQSh yetakchiligini saqlab qolishning yagona yo’li shu, deydi u.

“Poygada g’olib chiqish uchun yo raqobatda yengishingiz kerak yoki raqibingizni oyog’idan chalishingiz kerak. Hozir bizda aniq strategiya yo’q. Poygada yaxshi qatnashish uchun qanday tayyorlanamiz, bunda hukumatning roli qanday, nazorat qilish yoki tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qanday siyosat ishlab chiqiladi, bu savollarning kelajagi mavhum”, - deydi Grotto.

Xitoyning texnologiya bobidagi qudrati o’sishda davom etadi. Demak, bir qator sohalarda AQSh-Xitoy ziddiyati ham davom etishi ehtimoli yuqori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG