Breaking News

Qirg'iziston ahli: eski siyosatchilardan charchadik


Qirg’izistonda parlament saylovlaridan ikki kun o’tib, saylov natijalari bekor bo’ldi. Parlamentga kira olmagan muxolif partiyalar tarafdorlari namoyishga chiqib, parlament va prezident idoralari joylashgan majmuani ishg’ol qildi. Bosh vazir, parlament spikeri va bir necha rasmiy ishdan ketdi.

Xalqaro hayot – 7-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:29 0:00

Tunda tartibni saqlash maqsadida ko’ngillilar ko’chalarni nazorat qildi.

“Har xil tashkilotlardan 200 ga yaqin odam to’plandi. Talon-tarojdan zarar ko’rganlarga yordam beryapmiz”, - deydi shifokor Argen Bekbalotov.

Bishkekliklar parlamentga bir xil odamlar saylanayotganidan, ovozlar sotib olinayotganidan charchaganini aytadi.

“Parlamentga yangi odamlar, toza odamlar kirishi kerak”, - deydi Erlan Jumagaziyev.

“Besh yil qiynalgan xalq o’zini 2000 so’mga sotgani afsuslanarli hol. Odamlarga, ayniqsa qishloqlarda qanday pora berishganini ko’rdik. Hatto obro’li odamlar ham bu ishga aralashgan. Pasportlarimizdan boshqa joylarda ham ovoz berish uchun foydalanishganini o’rgandim”, - deydi Azamat Imanaliyev ismli yana bir bishkeklik.

Prezident Sooronbay Jeenbekov muxolifat rahbarlarini tarafdorlarini tinchlantirishga chaqirdi. Biroq muvofiqlashtiruvchi kengash tuzgan ayrim muxolif partiyalar uni iste’foga chaqirmoqda, boshqalar esa kengash vakolatini tan olishdan bosh tortmoqda.

"Muxolifat inqilobga tayyor emas edi. Partiyalar orasida kelishmovchiliklarni ko’ryapmiz. Ba’zi guruhlar hukumatda o’z manfaatlarini olg’a suradi hali. Har doimgidek inqilob kutilmagan bo’ldi”, - deydi siyosiy tahlilchi Bakit Baketayev.

Markaziy saylov komissiyasining vakili Gulnor Jo’raboyevaning aytishicha, hozirgi sharoitda yangi saylovlarni tashkil etish oson bo’lmaydi, vaziyat beqaror.

“Ko’p rayonlarda hokimiyat almashmoqda. Saylov apparatlarini himoya qilishga qodir qonuniy hokimiyatni ko’rmayapmiz”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG