Breaking News

Qirg'izistonda prezidentni qo'llab-quvvatlab miting o'tkazildi

Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi markaziy maydonda prezident Sooronbay Jeenbekovni qoʻllab-quvvatlab 500 nafarga yaqin kishi namoyishga chiqdi. Miting ishtirokchilari Sooronbay Jeenbekov qonuniy prezident ekanini taʼkidlab, qonunlarga rioya qilishga va sabrli bo'lishga chaqirdi.

Miting vaqtida soʻzga chiqqanlar kishilarni millatlararo, hududlararo boʻlinishga yoʻl qo'ymaslikka da'vat etdi.

Oʻsh shahar militsiyasining matbuot xizmati Oʻsh shahrida barcha muassasalar odatdagidek ishlayotganini bildirdi. Maʼlumotlarga koʻra, militsiya jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatini davom ettirmoqda.

Avvalroq shahar ichki ishlar boʻlimi shaharda kuchaytirilgan tartibda ishlayotganini bildirgan edi.

Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakatdagi soʻnggi voqealarni “hokimiyatni egallashga urinish” deb taʼrifladi.

Shunigdek, Jeenbekov oʻz video murojaatida mazkur vaziyatdan chiqish uchun bor kuch-harakatini sarflayotganini aytgan. Ammo qanday harakat olib borayotgani va aynan nimani hal qilishga urinayotganini tushuntirmagan.

Bir necha kundan beri prezidentning joylashgan yeri nomaʼlum, ammo uning matbuot xizmati prezident Bishkekda ekanini ma'lum qilgan. Prezident bunga qadar ham bir necha murojaat yoʻllagan.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG